O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti


-mavzu. O‘rta asrlar adabiyoti (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə32/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

4-mavzu. O‘rta asrlar adabiyoti (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Antik davrdan O‘rta asrlar adabiyotiga o‘tish. O‘rta asrlar adabiyoti.
Sharq va G’arb qahramonlik eposlarining mushtarak jihatlari. Frantsuz, ispan, nemis qahramonlik eposlari.XII– XIII asrlarda ritsarlik – kurtuaz adabiyoti. Ritsarlik adabiyotining o‘ziga xosliklari va shakllari. Ritsarlik adabiyotida sharqona juvonmardlik va axiylik masalalari. O‘rta asrlarda shahar adabiyoti va uning janrlari.


5-mavzu. Uyg’onish davri adabiyoti (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Uyg’onish davri arafasidagi adabiyot. Uyg’onish adabiyotining alomatlari va o‘ziga xosliklari. Sharq Uyg’onishi va uning belgilari. Jahon madaniyati Uyg’onishinig tadriji. Sharq Uyg’onishi va uning ahamiyati. Uyg’onish davri Sharq va G’arb adabiyotinig madaniy aloqalari. Evropa Uyg’onishining davrlari, omillari va o‘ziga xosliklari. Italiya uyg’onishi. Italiya Uyg’onish adabiyotining taraqqiyot bosqichlari. Dante ijodi. Dante – O‘rta asrlarning oxirgi va Uyg’onish davrining ilk shoiri. Dante va Sharq madaniyati. Petrarka lirikasi. J.Bokachcho va Italiya uyg’onishida nasr, “Dekameron” va “Ming bir kecha”. Frantsiya uyg’onish davri adabiyoti. Fransua Rable va uning “Gargantyua va Pantagryuel” asarida satiraning roli va ahamiyati. Angliya uyg’onishinig dastlabki vakillari. Shekspir ijodi: poema, sonet va tragediyalari. Shekspir dramaturgiyasining janrlari va ularning manbalari.


6-mavzu. XVIII asr adabiyoti: ma’rifatparvarlik adabiyoti,
romantizm davri adabiyoti (2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi)
Ma’rifatchilik adabiyotining klassik ma’rifatchilikdan farqi va o‘ziga xosligi. Angliya ma’rifatchiligi. Ingliz ma’rifatchilik adabiyotining yo‘nalishlari, vakillari va janrlari. Frantsuz ma’rifatchilik harakatining o‘ziga xosligi. F.Volter, D.Didro va J.J.Russo ijodida ma’rifatparlik g’oyalari. Nemis ma’rifatchilik adabiyoti. G.E.Lessing, F.Shiller va I.V.Gyote ijodida ma’rifat masalasi. G’arb va Sharq ma’rifatchiliginig mushtarak va farqli jihatlari. Sharq musulmon ma’rifatchiligida mustamlakachilik, milliy parokandalik va ma’rifiy mahdudlik masalasi. Ma’rifatchilik adabiyotinig ahamiyati.
Romantizmning nazariy asoslari va o‘ziga xosliklari, Nemis adabiyotida romantizmning manbalari va shakllari. Aka-uka Grimmlar va Gofman ijodi. Ingliz romantizmida Bayron va Shellining tutgan o‘rni. Bayron ijodida shaxs erki va xalq ozodligi masalasi. Frantsuz adabiyotida V.Gyugo va J.Sand ijodi. V.Gyugo asarlarida milliy ozodlik mavzui. Amerika romantizm adabiyoti. F.Kuper tarixiy roman asoschisi. Romantizmning tarixiy asoslarda aks etishi. Romantizmning jahon adabiyotidagi o‘rni. XIX asr adabiyoti. Romantizm va realizm.
Rus adabiyotida romantizm. A.S.Pushkin ijodi. “Evgeniy Onegin” she’riy romani ilk realistik asar sifatida. Pushkinning adabiy-estetik qarashlari. M.Yu.Lermontov ijodi. Lermontov lirikasida inson erki va vatanparlik g’oyalari. “Zamonamiz qahramoni” romanida qahramon ruhiyatining ochilishi. N.V.Gogol ijodi. Gogol prozasi. Gogol dramaturgiyasi.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin