O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə2/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanning ta’limdagi o‘rni
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo‘lajak tinglovchilarni adabiy tilning nazariy asoslari, bo‘limlari bilan tanishtiradi. Tinglovchilarga o‘zbek tilining fonetik va fonologik tizimi, o‘zbek tilining imlo va talaffuz qonuniyatlari, tilning lug‘at tarkibi va so‘z semantikasi, so‘zlarning morfemik va yasalish tarkibi, so‘z turkumlari va ularning grammatik kategoriyalari, so‘z birikmalari sintaksisi, sodda va qo‘shma gap sintaksisi, murakkab sintaktik butunliklar, punktuatsiya asoslari haqida nazariy va amaliy ma’lumotlarni beradi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot vapedagogik texnologiyalar
Tinglovchilarning hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan, ya’ni “Klaster”, “Zanjir”, “Aqliy hujum”, “Tushunchalar tahlili”, “Debat” kabilardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Kursni o‘qitishda ta’limning darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar, qomuslar, tarqatma, ko‘rgazmali vositalardan, kompyuter, elektron darsliklar, elektron lug‘atlar, internet materiallari, multimediya imkoniyatlaridan unumli foydalaniladi.
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI MODULINING


O‘QUV REJASI





Mavzular

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Seminar

1

Fonetika va fonologiya.

4

2

2




2

Orfoepiya, orfografiya.

4

2




2

3

Leksikologiya.

4

2




2

4

Lug‘at tarkibini boyish yo‘llari

2




2




5

So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari

4




4




6

So‘zning ko‘chma ma’nolari

4




4




7

Frazeologiya.

4

2

2




8

Leksikografiya.

4

2




2

9

Morfemika.

4

2

2




10

So‘zlarning morfemik strukturasi.

4




2

2

11

So‘z yasalishi.

4




4/2




12

Morfologiya.Grammatik ma’no, forma va kategoriya.

6

2

2

2

13

Ot so‘z turkumi va uning kategoriyalari.

4

2

2




14

Sifat so‘z turkumining leksik-grammatik xususiyatlari.

4

2




2

15

Son so‘z turkumi va uning turlari.

4

2




2

16

Olmosh so‘z turkumi.

4

2

2




17

Fe’l so‘z turkumining grammatik kategoriyalari va funktsional shakllari.

4

2

2




18

Ravish so‘z turkumi va uning leksik-grammatik xususiyatlari.

4

2

2




19

Yordamchi so‘zlar va ularning grammatik-funktsional xususiyatlari.

4

2

2




20

Alohida so‘z turkumi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

4

2

2




21

Sintaktik birliklar va o‘zbek tilining grammatik ma’no ifodalash vositalari.

4




2

2

22

Sintaktik munosabatlar.

4

2

2




23

So‘z birikmasi.

4

2

2




24

Gap. Gap bo‘laklari va ularning turlari.

4

2




2

25

Sodda gap sintaksisi.

4




2

2

26

Murakkablashgan sodda gaplarning shakliy va mazmuniy xususiyatlari.

4




4




27

Qo‘shma gap sintaksisi.

6

2

4




28

Qo‘shma gaplarning struktur-semantik turlari.

2




2




29

Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.

2




2




30

Punktuatsiya.

6

2

4







Jami

120

40

60

20



1-mavzu. Fonetika va fonologiya
(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot)
O‘zbek tili fonetikasi va fonologiyasi tushunchalari. O‘zbek tili fonologiyasi va uning asosiy birligi. Fonema va tovush munosabati, unda lison va nutq munosabatining aks etishi. Fonemaning turlari. Unli fonemalar va ularning substansial xususiyatlari, unli fonemalarni tasniflash asoslari. Undosh fonemalar va ularning substantsial xususiyatlari, undosh fonemalarni tasniflash asoslari. Nutq tovushlari fonetik birliklar sifatida. Nutq tovushining turlari, xususiyatlari. O‘zbek tilida bo‘g‘in va uning xususiyatlari. Bo‘g‘in turlari. Bo‘g‘inning o‘zgarishi. O‘zbek tilida urg‘u va ohang. Urg‘uning turlari. Urg‘uning o‘zgarishi.
2-mavzu. Orfoepiya, orfografiya
(2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)
O‘zbek tili orfoepiyasi. Nutq tovushlari orfoepiyasi. Unli tovushlar orfoepiyasi. Undosh tovushlar orfoepiyasi. Adabiy orfoepiya. O‘zlashma so‘zlar talaffuzidagi muammolar. Orfoepiya va imlo munosabati.
O‘zbek tilining yozuv tizimlari. Arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi va uning xususiyatlari. Kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi va uning xususiyatlari. Lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek milliy-madaniy taraqqiyotidagi roli.
O‘zbek tili orfografiyasining asosiy printsiplari: fonetik printsip, morfologik printsip, shakliy printsip, tarixiy-an’anaviy printsip, differentsiatsiya printsipi, shakliy-an’anaviy printsip.


3-mavzu. Leksikologiya (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)
Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot. So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nolari. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. Lug‘aviy birliklar. So‘zning semantik tuzilishi.


4-mavzu. Lug‘at tarkibini boyish yo‘llari
(2 soat amaliy mashg‘ulot)
O‘zbek tili lug‘atining boyish manbalari. Lug‘at tarkibini asosiy birliklari va taraqqiyot qonuniyligi. So‘zlarning ishlatilish darajasiga ko‘ra guruhlari.


5-mavzu. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
(4 soat amaliy mashg‘ulot)
So‘zlarning shakl va ma’no munosabatga ko‘ra turlari. Sinonim: leksik sinonim, affiksal sinonim. Omonim: leksik va affiksal omonimlar. Antonim: leksik antonim va affiksal antonimlar. Paronim so‘zlar. Omonimiya va polisemiya.


6-mavzu. So‘zning ko‘chma ma’nolari
(4 soat amaliy mashg‘ulot)
So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari. So‘z ma’nosining o‘zgarishi. Ma’no ko‘chishi. Ma’no torayishi va ma’no ko‘chayishi. Tasviriy ifoda.


7-mavzu. Frazeologiya (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot)
O‘zbek tili frazeologiyasi. Frazema. Frazeologik ma’no, uning turlari. Frazeologik-semantik munosabatlar. Frazemalarning nutqiy voqelanishi. Frazemaning nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (morfologik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar) omillar hamkorligi. So‘zlashuv va badiiy asarlarda ishlatilishi. Frazeologik birikmalarning asosiy turlari. Iboralar o‘rtasida sinonimlik, omonimlik va antonimlik xamda paronimlik xususiyatlar.


8-mavzu. Leksikografiya. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)
O‘zbek lug‘atining tarixiy bayoni. Lug‘at tushunchasi. Lug‘at turlari. Umumiy va maxsus, filologik va qomusiy, alifboli va sistemali, akademik va ta’limiy, bosma va elektron, yopiq (doimiy yangilanmaydigan) va ochiq (doimiy yangilanib turadigan) lug‘atlar. O‘zbek o‘quv leksikografiyasi muammolari va o‘quv lug‘atlari. O‘zbek lug‘atchiligi oldida turgan muhim vazifalar va muammolar.


9-mavzu. Morfemika (4 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Morfema morfemika birligi sifatida. Morfemaning leksemaga munosabati. Morfema va uning turlari: o‘zak, affiksal, sodda, murakkab, monofunktsilonal, polufurktsional so‘z o‘zgartiruvchilar, kategorial va nokategorial, shakl yasovchi.


10-mavzu:So‘zlarning morfemik strukturasi
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
So‘zning tarkibi. O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar. So‘zning ma’noli qismlari. (Morfemalar).So‘z yasovchi qo‘shimchalar. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar. Shakl yasovchi qo‘shimchalar. Sodda va murakkab qo‘shimchalar. Negiz.


11-mavzu. So‘z yasalishi(2 soat ma’ruza, 6 soat laboratoriya ishi)
So‘z yasalishi haqida ma’lumot. So‘z yasash usullari. (Affikissatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya). So‘zlarning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chishi yordamida so‘z yasalishi (semantik usul). So‘zlarning tuzilish jihatidan turlari.


12-mavzu. Morfologiya. Grammatik ma’no, forma va kategoriya
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Grammatikaning tarkibiy qismlari. Morfologiya, grammatik shakllangan so‘z uning birligi sifatida. Grammatik ma’noni ifodalash usullari. O‘zbek tili grammatik (morfologik) kategoriyalari va ularning turlari: lug‘aviy shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar.
O‘zbek tilida so‘z turkumlari. So‘zlarni turkumlash tamoyillari, tasnif asoslari. Mustaqil so‘z turkumlari, ularning o‘rganilish tarixiga sharh. Mustaqil so‘z turkumlarining xususiyatlari.


13-mavzu. Ot so‘z turkumi va uning kategoriyalari
(4 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Ot so‘z turkumi. Otning umumiy grammatik xususiyatlari. Ot so‘z turukmining leksik-grammatik xususiyatlari. Otning funktsional shakllari. Ot so‘z turkumining yasalishi. Ot so‘z turkumining ma’no jihatdan turlari. Egalik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi. Son kategoriyasi.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin