O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə14/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi – tinglovchilargao‘zbek dialektologiyasi fanining til va adabiyot o‘qituvchilari uchun ahamiyati, dialektal xato tushunchasi, ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumot berish.
Fanning vazifalari – tinglovchilaro‘zbek shevalari milliy tilning quyi bosqichi, o‘zbek tilining asosi ekanligi, o‘zbek tilining dialektik tizimi, o‘zbek dialektologiyasining hozirgi adabiy tili, til tarixi, xalq tarixi, geografiya fanlari bilan munosabati, o‘zbek shevalarini o‘rganish metodlari haqida berilgan ma’lumotlar asosida o‘quvchilarning adabiy tilga munosabatini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatish.


Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi,ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
Tinglovchilar dialektologiya – ijtimoiy lingvistika sohasi ekanligi, tillarning shevalar tizimi, o‘zbek tili shevalari hozirgi o‘zbek tilining asosi ekanligi, o‘zbek shevalarining o‘zbek adabiy tili, uning tarixi va boshqa turkiy tillarni o‘rganishda boy manba bo‘lishi haqidabilishi kerak.
Sheva, dialekt, lahja tushunchalari mazmuni, o‘zbek tilining murakkab dialektal tarkibi, transkriptsion belgilar tizimi, shevalarni o‘rganish metodlari, o‘zbek shevalarining muhim fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari, o‘zbek shevalarida amal qiluvchi fonetik qonunlar, lingvistik geografiya tamoyillari, badiiy asardagi dialektizmlarning xususiyatlari, o‘zbek shevalarining tasnifibo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Transkriptsiyada yozilgan matnlarni o‘qish, sheva vakillari nutqidagi dialektal xususiyatlarni transkriptsiyada yozib olish, o‘zbek shevalarining muhim fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini tushuntirib bera olish, muayyan bir sheva xususiyatlarini tavsif qila olish, uning dialektal tizimdagi o‘rnini belgilay olish va bartaraf qilishi malakalariga ega bo‘lishlari kerak.


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
«O‘zbek dialektologiyasi» fani hozirgi adabiy tili, til tarixi, xalq tarixi, geografiya fanlari bilan uzviy bog’liq.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin