Fanning vazifasi tilshunoslik fanining tarixi, maktablari va yo‘nalishlari, tilshunoslikning ilmiy-nazariy masalalari, metodlari bo‘yicha bilimlarga o‘rgatish hamda uslub, uslubshunoslik, uning asosiy tushuncha va kategoriyalari; fonetika, leksika, frazeologiya, sintaksisning uslubiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berish; tinglovchilarga uslubiy xatolar va ularning oldini olish yo‘llari bo‘yicha bilimlar berish kabilardan iborat. Ushbu fan tinglovchilarni nazariy jihatdan etuk mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi.
Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar “Umumiy tilshunoslik” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:
jahon tilshunosligining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik maktablari, tilshunoslikning nazariy masalalari, tilshunoslik metodlari hamda uslub, uslubshunoslik; til vositalarini tanlashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik; o‘zbek tili uslublari; ularning o‘ziga xosliklari; fonetik, morfologik, frazeologik, sintaktik birliklarning uslubiy imkoniyatlari haqidagi bilimlarni bilishi kerak;
muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
o‘z nuqtai nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy masalalarni echishda foydalana bilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan tilshunoslik asoslari, hozirgi o‘zbek adabiy tili, falsafa, mantiq, informatika va axborot texnologiyalari kabi fanlardan egallagan bilimlarga tayaniladi.
Fanning ta’limdagi o‘rni Umumiy tilshunoslik fani bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tilshunoslikning umumiy nazariy asoslari bilan tanishtiradi, tinglovchilarga tilshunoslik tarixi, tilshunoslikning nazariy masalalari va metodlari bo‘yicha puxta ma’lumotlarni beradi hamda ularni uslubiyat asoslari bilan tanishtiradi, tinglovchilarga uslubiyat, uning turlari va funktsional uslublar haqida nazariy va amaliy ma’lumotlarni beradi.