28-mavzu. Qo‘shma gaplarning struktur-semantik turlari (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi) Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra turlari: qismlari payt, o‘rin, sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va b. ma’noviy munosabatlar asosida bog‘langan qo‘shma gaplar. Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funktsional munosabatlarga ko‘ra turlari: kesim tobe gapli, ega tobe gapli, hol tobe gapli, to‘ldiruvchi tobe gapli, aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap. Murakkab qo‘shma gap. Murakkab qo‘shma gaplarda sintaktik aloqa turlari. Murakkab sintaktik butunlik tushunchasi.
Murakkab sintaktik butunlik matnning tarkibiy qismi sifatida. Murakkab sintaktik butunlik tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalar. Murakkab sintaktik butunlik va mikrotekst. Murakkab sintaktik butunlik va abzats.
29-mavzu. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar (2 soat ma’ruza) O‘zga gap va uning turlari. O‘zga gapning grammatik xususyaitlariga ko‘ra turlari. Ko‘chirma gap va uning xususiyatlari. O‘zlashtirma gap va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Matnda ko‘chirma gapda tinish belgilarining qo‘llanishi.
30-mavzu. Punktuatsiya (4 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi) Tinish belgilari yozma nutq mohiyatini anglashning muhim vositasi sifatida. O‘zbek punktuatsiyasi tarixi. Punktuatsiya qoidalarini belgilashda nutq mazmuni, qurilishi hamda intonatsion xususiyatlariga asoslanish. O‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti va punktutsiya muammolari. Punktuatsiya va ohang. Punktuatsiya va sintaksis. Tinish belgilari vazifadoshligi. Vergul – tire vazifadoshligi. Qo‘shtirnoq – tire vazifadoshligi. Ikki nuqta – vergul vazifadoshligi.
Foydalanaladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. - T.: Ma’naviyat, 2008.
2. Jamolxonov H. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zME, 2013.
3. Sayfullaeva R., Mengliev B., Boqieva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
4.Sayfullaeva R., Mengliev B., Boqieva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
5.Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.