25-mavzu. Sodda gap sintaksisi (2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi) Gap – maqsad, fikr va his-tuyg‘ularni ifodalash vositasi.
Gapning kommunikativ maqsadiga ko‘ra turlari: darak, so‘roq va buyruq gaplar. Gapning emotsionallikka ko‘ra bo‘linishi: emotsional va noemotsional gaplar. Gapning voqelikka munosabati jihatidan bo‘linishi: tasdiq (bo‘lishli) va inkor (bo‘lishsiz) gaplar. Gapning tuzilish jihatidan bo‘linishi: Sodda va qo‘shma gaplar. Gapning ifoda asosiga ko‘ra bo‘linishi: bir tarkibli va ikki tarkibli gaplar. Gapning kommunikativ vaziyat jihatidan bo‘linishi: to‘liq va to‘liqsiz gaplar. Gapning muchalari xarakteri (bo‘laklarning bog‘lanish darajasi) jihatidan bo‘linishi: bo‘laklarga ajraladigan va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. Gapning muchalari ishtirokiga ko‘ra bo‘linishi: sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar.
Undalmali va kirish so‘zli gaplar haqida.
26-mavzu. Murakkablashgan sodda gapng shakliy va mazmuniy xususiyatlari (2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi) Murakkablashgan sodda gaplar atamasi va tushunchasi. Sodda gaplarni murakkablashtiruvchi birliklar: gapning ajratilgan bo‘laklari, uyushiq bo‘laklar, undalma, kirish va kiritma kengaytiruvchilar. Uyushiq bo‘laklar, ularning qo‘llanish usullari va ko‘rinishlari. Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zlar. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilari.
Ajratilgan bo‘laklar va ularning ajralishidagi sintaktik holatlar. Ajratilgan bosh bo‘laklar. Ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklar. Ajratilgan bo‘lakli gaplarda tinish belgilar.
Kirish qurilmalar. Kirishlarning gap tarkibida qo‘llanilish shakllari. Kirish so‘zlarning semantik va stilistik xususiyatlari. Kiritma qurilmalar. Kiritmalarning gap tarkibida qo‘llanilish shakllari. Kirish va kirtma qurilmalarda tinish belgilari.
27-mavzu. Qo‘shma gap sintaksisi (2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi) Qo‘shma gap tasnifi asoslari. Qo‘shma gapning qurilishiga ko‘ra tasnifi: teng munosabatli, tobe munosabatli, mutanosib munosabatli qo‘shma gaplar. Qo‘shma gapning tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra tasnifi: faqat ohang vositasida, yuklamalar vositasida, teng bog‘lovchilar vositasida, ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida, nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gap.