O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti


-mavzu. Alohida so‘z turkumi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə4/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

20-mavzu. Alohida so‘z turkumi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Alohida olingan guruh so‘zlar: modal so‘zlar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar. Modal so‘zlar va uning turlari. Undov so‘z va uning turlari. Taqlid so‘z va uning turlari. Alohida olingan so‘zlarning sintaktik xususiyatlari.


21-mavzu. Sintaktik birliklar va o‘zbek tilining grammatik ma’no ifodalash vositalari(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. So‘z - elementar birlik. So‘z birikmasi - nopredikativ birlik.Sodda gap - monopredikativ birlik. Qo‘shma gap – polipredikativ birlik.So‘z birikmasi va gapning o‘zaro munosabati.Gapning xarakterli belgilari.Predikativ va nopredikativ aloqalar. Teng va tobe aloqalar. Tobe aloqaning turlari: moslashuv, bitishuv, boshqaruv, nisbiy aloqa va muvofiqlashuv aloqasi. Sintaktik aloqaning ifodalanish yo‘llari: grammatik vositalar, yordamchi so‘zlar, so‘zlar tartibi, intonatsiya.


22-mavzu. Sintaktik munosabatlar
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Sintaktik munosabatlar va ularning ifodalanishi. Sintaktik munosabatning turlari. Subordinativ munosabat: ob’ektli, atributiv, relyativ, predikatli. Koordinativ munosabat. Kopulyativ munosabat. Intraduktiv munosabat: vokativ, modal munosabat.


23-mavzu. So‘z birikmasi(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
So‘z birikmasi. So‘z birikmasi va ularning nopredikativ aloqa asosida hosil bo‘lishi. So‘z birikmasi va so‘zning o‘xshash hamda farqli tomonlari. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘zlarning o‘xshash hamda tafovutlari. So‘z birikmasi va gapning o‘ziga xos xususiyatlari. So‘z birikmasi va sintagmaning o‘ziga xos belgilari. So‘z birikmasi tasnifi.


24-mavzu. Gap. Gap bo‘laklari va ularning turlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Gap. Gap bo‘laklarini belgilashda asosiy mezonlar. Gap bo‘laklari. Gap bo‘laklarining shakliy – mazmuniy tuzilishiga ko‘ra xususiyatlari. Gap bo‘laklarining darajalanishiga ko‘ra bo‘linishi: bosh bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar. Gap markazi. Gap va so‘z kengaytiruvchilari. Ega va uning ifodalanishi. Eganing ma’no turlari. Eganing tuzilish turlari.
Kesimning asosiy xususiyatlari. Kesimning ifodalanishi. Kesimning ma’no turlari. Kesimning tuzilish turlari. Kesimning tarkibida boђlama va uning vazifasi. Kesimning ega bilan moslashuvi (koordinatsiya). Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin