O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə8/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Jami

30

10

10

10




1.04. TILSHUNOSLIK ASOSLARI


KIRISH

Ushbu dastur tilshunoslik nazariyasi, uning tarmoqlari, asosiy muammolari, tilning paydo bo‘lishi, tilning mohiyati va qurilishi, ilmiy tadqiq etish metodlari kabi masalalarni qamrab olgan.


Fanning maqsadi va vazifalari
Tilshunoslik asoslari fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uning bo‘limlari, o‘rganish ob’ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, tinglovchilarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, tinglovchilarda olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarini hal qilishni taqozo qiladi.
Ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon bo‘lish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir.


Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Tilshunoslik asoslari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:
- fanning maqsadi, vazifalari, jamiyat hayotidagi ahamiyati; tilshunoslikning ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning nazariy masalalari, tilshunoslik tadqiqot metodlarini bilishi kerak;
- muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- tillarning tasnifi bilan tanish bo‘lishi, muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirishi, o‘z nuqtai nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy masalalarni echishda foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin