8-mavzu: Semantik munosabatlar (2 soat amaliy mashg’ulot) Semantik munosabatlar. Sinonimiya semantik munosabat sifatida.Antonimiya semantik munosabat sifatida. Butun-qism semantik munosabat sifatida. Jins-tur semantik munosabat sifatida. Darajalanish semantik munosabat sifatida. Ushbu mavzu bo‘yicha suhbat, savol-javob. Mashq ishlash.
Leksik ma’no turlari. Nominatsiya usuliga ko‘ra leksik ma’no turlarini bilish. Semantik motivlashishiga ko‘ra ma’no turlari bo‘yicha savol-javob. Sintaktik birikuvchanligiga ko‘ra ma’no turlari bo‘yicha mashq ishlash.
9-mavzu: Antisemiya (2 soat ma’ruza) Antisemiya hodisasining til sistemasidagi o‘rni, qarama-qarshilik kategoriyasining logik va psixologik tabiati, antisemiya hodisasini belgilovchi paradigmatik va sintagmatik mezonlar, antisemik birliklarning formal-struktural va semantik tasnifi, antisemik guruhlar, semantik yadro masalalari yuzasidan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, mazkur munosabatdagi birliklar tahlil qilinadi.
Antonimiya. Antonimik munosabatdagi birliklar semantik tahlil qilinadi. Antonimiya va antisemiya hodisalarining integral va differensial jihatlari aniqlanadi. Antonimiya hodisasini belgilovchi omillar, antonimiyaning turlari, mantiqiy markaz kabi masalalar yuzasidan mashqlar bajariladi.
10-mavzu: Semantik maydon (2 soat amaliy mashg’ulot) Semantik maydon bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar va ulardagi munozarali o‘rinlar muhokama qilinadi, tinglovchilarning bilim doirasi tekshiriladi. Semantik maydonni belgilovchi mezonlar, semantik maydon turlari bo‘yicha tahlil o‘tkaziladi.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar Hakimova M. Semasiologiya. – Toshkent, 2008.
Ne’matov H, Rasulov R, O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
Safarova. R. Leksik-semantik munosabat turlari. – Toshkent, 2001
Jamolxonov H.A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2-qism. Nizomiynomli TDPU bosmaxonasi. 2004.
Mirtojiev M. Semasiologiya. – Toshkent, 2010.
Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Nazarova S.A. So‘zlarning birikish omillari haqida (semantik omil)G’G’ Jumhuriyat yosh tilshunoslarning an’anaviy ilmiy konferentsiyasi materiallari. O‘zb. Res. F.A. Tilshunoslik ins-ti. –T, 1992.
2.Hakimova M. Payt otlari semantikasini kodlashtirish G’G’ «Xalq ta’limi», -2002, №5, 16-18-betlar.