39-mavzu: Milodiy va hijriy yil hisoblari haqida ma’lumot berish (4 soat laboratoriya ishi) Milodiy yilni hijriyga, hijriy yilni milodiyga aylantirish usullarini tushuntirish.
Muchal va muchal oylari haqida axborot berish. Hamal, savr, javzo, saraton kabi burjlar to‘risida tinglovchilarda tasavvur uyg’otish.
Abjad hisobi va harflarning qaysi raqamlarni anglatishi haqida ma’lumotlar berish.
Abjad hisobi bilan bog’liqharfiy san’atlar: tarix, muammo, tuyuq, tajnis, topishmoq, chiston.Harfiy san’atda abjad hisobining o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumot berish.
40-mavzu: Yozma manbalardan namunalar o‘qish, yozish va tahlil qilish (4 soat laboratoriya ishi) Eski o‘zbek yozuvidagi yozma manbalardan namunalar o‘qish va yozish ko‘nikmalarini hosil qilish. Eski o‘zbek tiliga arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Eski o‘zbek tiliga arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘z va iboralarning asosiy grafik, semantik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari.
Arab tili islom tili sifatida. Arab tilida so‘z yasalish tizimi. Eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek tilidagi arab tili o‘zlashmalarining qiyosiy tahlili.
Fors tili grammatik qurilishining asosiy xususiyatlari. Forsiy manbalar ustida ishlash.