qo‘yiladigan talablar Tinglovchilar semasiologiya, uning turlari, fanning shakllanish taraqqiyoti, fonosemasiologiya,leksik semantika, grammatik semasiologiya va uning tarkibiy qismi bo‘lgan mazmuniy sintaksishaqida bilishi kerak. Leksik birliklarni semik tahlil qilish, polisemantik leksemalarning ma’no taraqqiyotini tahlil qilish, sintaktik birliklarning mazmuniy aspektlarini tahlil qilishko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Lekseksemantika tushunchasi, leksek ma’no va uni belgilovchi omillar, leksek ma’no va tushuncha munosabati, leksek ma’no va nom munosabati, leksek ma’no qirralari: deiotativ, signifikativ, emotiv va struktur ma’no, leksek ma’no va uning turlari, leksek birliklarning semantik strukturasi, polisemiya va uning turlari, ma’nolararo munosabatlar, leksek ma’noning paradigmatik munosabatlari. Semantik oppozitsiyalar, semantik maydon nazariyasi, leksek ma’noning sintagmatik munosabatlari, valentlik nazariyasi, semantik qurshov, grammatik semasiologiya, so‘zlarni turkumlarga ajratishning semantik aspektlari, funktsional semantik maydon, gapning kommunikativ aspekti, gapning aktual tuzilishi, gapning pressuppozitsiya, gapning modallik aspekti haqida malakalarga ega bo‘lishlari kerak.
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi «Semasiologiya» fani tilshunoslik asoslari, hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘zbek tili tarixi, o‘zbek adabiyti tarixi, matn lingvistikasi fanlari bilan uzviy bog’liq.
Fanning ta’limdagi o‘rni «Semasiologiya» fani tinglovchilarda ko‘p ma’noli leksemalarning semantik tarkibi aniqlash. Ko‘p ma’nolilikni vujudga keltiruvchi semantik omillarni aniqlash. Polisemem leksema sememalarining qiyosiy semik tahlili. O‘zbek tilining izohli lug’atida berilgan ma’nolarni tahlil qilish va ulardagi farqli tomonlarini aniqlash. Leksik munosabatlar, leksek maydon va shu kabi tushunchalarini o‘rganish imkoniyatini yaratadi.