4-mavzu: Omonimiya, sinonimiya, antonimiya (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Omonimiya va uning turlari, vazifasi. Omonimik munosabatni belgilovchi omillar. Omonimlarning til sistemasidagi o‘rni.
Sinonimiya semantik munosabat sifatida. Sinonimiya hodisasini yuzaga keltiruvchi omillar. Sinonimik munosabatdagi leksik birliklarning qiyosiy semik tahlili. Sinonimlarning turlari. Sinonimlarda konnotativlik.
Antisemiya. Antisemiya hodisasining til sistemasidagi o‘rniqarama-qarshilik kategoriyasining logik va psixologik tabiati. Antisemiya hodisasini belgilovchi paradigmatik va sintagmatik mezonlar. Antisemik birliklarning formal-struktural va semantik tasnifi. Antisemik guruhlar. Semantik yadro masalasi.
Antonimiya semantik munosabat sifatida. Antonimiya va antisemiya. Antonimiya hodisasini belgilovchi omillar. Antonimiyaning turlari. Mantiqiy markaz masalasi.
5-mavzu: Graduonimiya (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Graduonimiya hodisasining til sistemasidagi o‘rnini tavsiflash. Graduonimiya hodisasi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar. Darajalanish turlari. Graduonimiyaning yo‘nalishi.
Gipo-giperonimiya. Gipo-giperonimiya hodisasining mohiyati. Hodisaning logik asosi. Giponimlar va giperonimlar. Mazkur birliklarning qiyosiy semik tahlili.
Partonimiya. Partonimiya hodisasining til sistemasidagi o‘rni, uning mohiyati. Partonimik birliklarning gipo-giperonimik birliklardan farqi.
6-mavzu: Konvertsiya (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Konversiya hodisasining mohiyati. Konversiya hodisasining til sistemasidagi o‘rni.Semantik maydon. Semantik maydon bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar. Semantik maydonni belgilovchi mezonlar. Semantik maydon turlari.
7-mavzu: Semasiologiyaning tadqiq metodlari (2 soat amaliy mashg’ulot) Metodlar. Tavsifiy metod. Tarixiy metod. Qiyosiy metod. Tilshunoslikda komponent tahlil usulining vujudga kelishi. Leksemalarning komponent tahlil qilishining asosiy printsiplari. Komponent tahlilning turli usullari haqida. O‘zbek tilshunosligida komponent tahlil usulining qo‘llanishi.