Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar «Semasiologiya» kursini o‘qitishda zamonaviy (xususan, interaktiv) metodlar, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, prezentatsion, elektron-didaktik) texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutiladi. «Semasiologiya» kursida plakatlardan, tarqatma materiallardan, kompyuterdan, har xil hujjat qoliplari va namunalaridan, boshqa ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi.
TANLOV FANLARI (SEMASIOLOGIYA) O‘QUV REJASI
Mavzular
Jami
Ma’ruza
Amaliy mashg’ulot
seminar
№
1.
2
2
2.
2
2
3.
2
2
4.
2
2
5.
2
2
6.
2
2
7.
2
2
8.
2
2
9.
2
2
10.
2
2
Jami
20
10
10
1-mavzu:Semasiologiya sohasi va uning turlari. Fanning shakllanish taraqkiyoti (2 soat ma’ruza) Tilshunoslikning semasiologiya bo‘limining o‘rganish ob’ekti, maqsad va vazifalari. Semasiologiyaning tarkibi. Zamonaviy tilshunoslikda semasiologiyaning tutgan o‘rni. Sohaning shakllanish jarayonlari.
Leksik semantika. Leksik ma’no va uni belgilovchi omillar
Leksik semantika. Leksik ma’no. Nom va ma’no munosabati. Leksik ma’noni belgilovchi omillar. Denotat. Tushuncha. Nom. Leksik ma’noning tushuncha bilan munosabati va signifikat haqida tushuncha. Leksik ma’noning tushuncha bilan munosabati.
Leksik ma’no qirralari. Denotativ ma’no. Signifikativ ma’no. Ichki lisoniy ma’no. Emotiv ma’no.
Leksik-semantik birliklar. «Semasiologiya» kursining ob’ekti, maqsad, vazifalarini o‘rganish. Mazkur bo‘limni tilshunoslikdagi salmog’ini aniqlash. So‘nggi yillardagi semasiologiya sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar, yangi tahlil usullari, semasiolog olimlar haqida suhbat, savol-javob. Ushbu mavzu yuzasidan e’lon qilingan ilmiy ishlarni o‘rganish.
Leksik ma’noning tushuncha bilan munosabatini bilish.
2-mavzu: Leksemaning ma’no strukturasi (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Semema. Sememaning tarkibi. Sema eng kichik ma’no bo‘lagi. Semema semalarining turlari. Semalarning ma’no turlari: denotativ, konnotativ, vazifa semalari. Semalarning darajasiga ko‘ra birlashtiruvchi va farqlovchi turlari. Arxisema. Oshkor va potensial sema.
Leksemaning ifoda va mazmun tomonlariga ega ekanligini bilish.
3-mavzu: Polisemiya (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Polisemiya. Polisemiyani vujudga keltiruvchi omillar. Polisemiya hodisasiga oid qarashlar. Polisemiyaning ko‘rinishlari, turlari, vazifasi.
Leksik ma’no turlari. Nominatsiya usuliga ko‘ra leksik ma’no turlari. Semantik motivlashishiga ko‘ra ma’no turlari. Sintaktik birikuvchanligiga ko‘ra ma’no turlari.
Leksik ma’noning sintagmatik xususiyatlari. Semantik valentlik.Sintagmatik munosabat. Klassema. Qurshov, Bog’liqqurshov. Erkin qurshov.
Polisemiya. Ko‘p ma’noli leksemalarning semantik tarkibini aniqlash. Ko‘p ma’nolilikni vujudga keltiruvchi semantik omillarni aniqlash. Polisemem leksema sememalarining qiyosiy semik tahlili. O‘zbek tilining izohli lug’atida berilgan ma’nolarni tahlil qilish va ulardagi farqli tomonlarini aniqlash. Ushbu mavzu yuzasidan e’lon qilingan ilmiy ishlarni o‘rganish. Semantik o‘zgarishlarni aniqlash. Leksik ma’noning kengayishi, torayishi, metofora, metonimiya, sinekdoxa bo‘yicha savol-javob, mashq