Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot vapedagogik texnologiyalar
Tinglovchilarning umumiy tilshunoslik fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan, ya’ni “Klaster”, “Insert”, “Aqliy hujum”, “Tushunchalar tahlili”, “Debat” kabi turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullardan foydalanish, kichik guruhlarda hamkorlikdagi faoliyat, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiqqilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik va o‘quv qo‘llanmalar, laboratoriya ishi ishlanmalari, tarqatma materiallar va elektron materiallardan foydalaniladi.
UMUMIY TILSHUNOSLIK MODULINING
O‘QUV REJASI
№
|
Mavzular
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
seminar
|
|
|
1
|
Umumiy tilshunoslikning predmeti, bahs mavzulari va asosiy muammolari.
|
4
|
2
|
2
|
|
|
2
|
Qadimgi asrlarda tilshunoslik muammolari.
|
4
|
2
|
|
2
|
|
3
|
O‘rta asrlarda tilshunoslik.
|
4
|
2
|
2
|
|
|
4
|
Uyg’onish davri tilshunosligi.
|
4
|
2
|
2
|
|
|
5
|
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik.
|
4
|
2
|
|
2
|
|
6
|
Sho‘ro davri tilshunosligi
|
4
|
|
2
|
2
|
|
7
|
O‘zbek tilshunosligi
|
6
|
|
2
|
4
|
|
|
Jami
|
30
|
10
|
10
|
10
|
|
1-mavzu. Umumiy tilshunoslikning predmeti, bahs mavzulari
va asosiy muammolari (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va nutq, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi – tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarga doir qarashlar hamda nazariyalarni o‘rganadigan fandir.
Tilshunoslikning shakllanishida yozuvning o‘rni. Tilshunoslikning masalalaridan biri til va uning ta’rifi. Tilshunoslik fanining tarmoqlari. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Tilshunoslikning aspektlari. “Umumiy tilshunoslik”ning predmeti, bahs mavzulari va asosiy muammolari. Hozirgi tilshunoslikning etakchi masalalari.
2-mavzu. Qadimgi asrlarda tilshunoslik muammolari
(4 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Til haqidagi qarashlarning ilk davri. Til haqidagi fanning Misr, Mesopatamiya, Hindiston Arabiston va Xitoyda paydo bo‘lishi.
Hindistonda tilshunosliking taraqqiyoti. Vedalar tili va hind tilshunosligi. To‘rt reja: shiksha, vyakorana, nirukta, chxanda. Hind tilshunosligi vakillari: Yaska, Panini, Vararuchi, Katyana, Patandjali, Bxartxari, Xemachandra, Vopadeva, Guru, Amara kabilar.
Xitoyda tilshunoslikning taraqqiyoti. Unda Syuy Shen, Van Nyan-sun, Van In-chji, Chjan Bin-lin hissasi.
Arab tilshunosligining taraqqiyoti. Arab tilini din tilidan fan tiliga aylantirishda Halil al-Farxodiy, Sibaveyhi, Ibn Durayd, Abu Abayda, Sag’oniy, Ibn Mansur, Firuzabodiyning hissasi.
Qadimgi Gretsiyada so‘zlarning narsalarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida bahs: Geraklit, Demokrit, Platon. Analogiya yoki anomaliya. Aristarx, Krates, Varron. Qadimgi Gresiya tilshunosligida falsafiy yo‘nalish: Anaksimen, Parmenid, Prodik, Kratil, Protagor, Platon, Aristotel, Xrisipp va stoiklar.
Aleksandriya davrida tilshunoslik: Zenodot, Aristarx, Frakiyali Dionisiy, Aristofan.
Rimda tilshunoslikning taraqqiyoti: Eliy Stilo, Mark Terensiy Varron, Mark Fabiy Kvintilian, Eliya Donat, Prissian, Verriy Flakk, Pompey Fest, Pavl Diakon.
Dostları ilə paylaş: |