O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti
1-mavzu. Adabiy tanqid tushunchasi. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi) Adabiy tanqid tushunchasi. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixini o‘rganishning metodologik masalalari. Adabiy tanqidchilik - o‘ziga xos fan va ijod turi. Adabiy tanqidning tarixiy ildizlari. «Tanqid» atamasining manbalari, ma’nosi, talqini. Mumtoz adabiyotshunoslikdagi «naqada» ilmi badi’ning tarkibi ekanligi. O‘zbek adabiy tanqidchiligi. O‘tmish adabiy tanqidchiligi. Adabiy tanqidning o‘ziga xosligi. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixini davrlashtirish. O‘zbek klassik adabiy tanqidchiligi tarixi: klassik O‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. 2-mavzu. Jadidchilik davri o‘zbek adabiy tanqidchiligi (4 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi) Milliy uyg’onish davri.Jadid adabiy tanqidchiligining shakllanishida milliy matbuotning o‘rni. “Tarjumon”, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Sadoyi Turkiston” gazetalari, ”Oyna” jurnalining milliy tanqidchilik rivojidagi o‘rni. Ashurali Zohiriyning “Ona tili”, Cho‘lponning “Muhtaram yozg’uvchilarimizga”, Behbudiyning “Tanqid saralamoqdur”, Ahlullo Haybullo o‘g’lining “Tanqid”, Mirmuhsin Shermuhammedovning “Shoir janoblariga iltimos” maqolalarining adabiy tanqid rivojidagi o‘rni. Jadid tanqidchilining o‘ziga xos xususiyatlari. XX asr avvalida adabiy tanqidning vujudga kelishi va shakllanish jarayonida bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki tamoyilning ko‘zga tashlanishi. Milliy adabiy tanqid rivojida Fitrat, Cho‘lpon, V. Mahmud, L. Olimiy, O. Sharafiddinov, O. Hoshim kabi adib va munaqqidlaning o‘rni. Yüklə 305,57 Kb. Dostları ilə paylaş: |