O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti


-mavzu: Ona tili va adabiyot darslarida muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi (2soat amaliy mashg’ulot)



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə27/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

10-mavzu: Ona tili va adabiyot darslarida muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi (2soat amaliy mashg’ulot)
Muammoli ta’limning nazariy asoslari. Muammoli ta’lim texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslanganligi. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va echish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqishi haqida. Muammoli ta’limning o‘quvchilar ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishdagi ahamiyati.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi-o‘quvchilarning muammoni to‘liq tushunib etishiga erishish va uni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat ekanligi. Muammoli vaziyat tushunchasi haqida.


11-mavzu:Ona tili va adabiyot darslarida «Debatlar» tashkil etish va o‘tkazish metodikasi (2 soat ma’ruza)
«Debatlar»tushunchasi haqida. «Debatlar» tashkil qilish usullari. «Debatlar»metodi asosida ona tili va adabiyot darslarini tashkil etish. Usulning o‘quvchilar ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishdagi ahamiyati.
Ona tili va adabiyot fanlaridagi mavzulardan kelib chiqqan holda yozma bahs—debatlar uchun material tayyorlash.»Debatlar» texnologiyasini amalga oshirish bosqichlari.


12-mavzu: «T» –chizmasi metodining tavsifi, «Idrok xaritasi» interfaol uslubini ona tili va adabiyot darslarida qo‘llash (2 soat amaliy mashg’ulot)
T-chizmasi metodining tasnifi.
Muammoni qo‘yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni ta’riflash va echib ko‘rishga imkon berishi. Foydalanish doiralari. Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchi matn bilan ishlashda, obrazlarning ijobiy,salbiy va murakkablik darajasini tahlil qiladi. bog’liq muammolar tahlil qilinadigan mavzularni o‘rganishda foydalanish maqsadga muvofiqligi. Afzalliklari. Qiyinchiliklari. O‘quvchilar obrazlarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkinligi.
O‘quv materiali mazusini o‘quvchilarga tushunarli va qulay etkazishga yordam beruvchi «Idrok xaritasi» interfaol uslubini dars jarayonida ishlatilishi haqida. O‘quv materialini tayyorlash, o‘quvchilarga etkazishga yangicha yondashuv. «Idrok xaritasi»ni yaratish texnikasi, uning o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatidagi ahamiyati. Tinglovchilarning mustaqil ishlari. Ona tili va adabiyot darslarida ushbu metodni qo‘llashga qo‘yiladigan talablar. Tarqatma materiallar bilan kichik guruhlarda ishlash va taqdimot qilish.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin