7-mavzu:Ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil etish metodikasi (tadbir stsenariycini yaratish)
(2 soat amaliy mashg’ulot)
O‘quvchilar bilan ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida o‘tkaziladigan sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar haqida. Men – tadbir tashkilotchisi. Sinfdan tashqari tadbirlarni rejasini ishlab chiqish va unga stsenariy yaratish. Tinglovchilarning mustaqil ishlari taqdimotlari
8-mavzu: Dars jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish metodikasi (Darsning maqsadi va kutilayotgan natijalarni belgilash metodikasi)
(2 soat amaliy mashg’ulot)
Dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi, kutilayotgan natijalarni «bilish», «tushunish», «bajarish» darajalarida ifodalash, o‘qitishning kutilayotgan natijalarini ifodalash uchun fe’llar ro‘yxati, o‘qitishning kognitiv kutilayotgan natijalari, o‘qitishning psixomotor kutilayotgan natijalari, o‘qitishning affektiv kutilayotgan natijalari, o‘qitishning kutilayotgan natijalarini o‘lchash uchun topshiriqlar, o‘quvchilarni faollashtirish va motivlash, yangi bilimlarni «kashf qilish», refleksiya, darslar blokini rejalashtirish algoritmi, darslar tipologiyasi.
9-mavzu:Ona tili va adabiyot darslarida rolli va didaktik o‘yinlarni qo‘llash, davra suhbati tashkil etish metodikasi (2 soat amaliy mashg’ulot)
Rolli o‘yinlar. Muayan holatni (vaziyat) o‘rganish va boshqalar) orqali sinab ko‘rish. Didaktik-ta’limiy o‘yinli texnologiyalar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslanganligi.
Didaktik-ta’limiy o‘yinlarning asosiy turlari: Intellektual (aqliy), harakatli va aralash o‘yin turlari. Fanlarning o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi.
O‘yinda ishtirok etuvchilar soniga ko‘ra didaktik -ta’limiy o‘yin turlari: Individual o‘yinlar, Guruhli o‘yinlar, Ommaviy o‘yinlar, Syujetli rolli o‘yinlar, Ijodiy o‘yinlar, Ishbilarmonlar o‘yini, ta’limiy mashqlar
O‘quvchilar faoliyatiga ko‘ra turlari: O‘quvchi faoliyatini o‘zlashtirishni talab etadigan o‘yinlar, Bilimlar mustaqil qo‘llaniladigan o‘yinlar, Zakovatni rivojlantiruvchi o‘yinlar.
Didaktik maqsadiga ko‘ra: Ta’lim-tarbiya beruvchi o‘yinlar, Bilimlarni mustahkamlovchi o‘yinlar, O‘quv materialini takrorlovchi o‘yinlar, Bilimlarni nazorat qiluvchi o‘yinlar
Dostları ilə paylaş: |