Fanning vazifasi – tinglovchilarga ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini singdirish; ta’lim muassasalarini boshqarishning ilg‘or texnologiyalari va xorijiy tajribalarni o‘rgatish; ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik jarayonini tashkil etish masalalariga doir bilimlar bilan qurollantirish; tinglovchilarni ta’lim sifatini oshirishning innovatsion va zamonaviy usullari bilan tanishtirish; fan o‘qituvchilarining kompetentligi va ta’lim jarayonidagi mas’uliyatini oshirish; ta’lim jarayonida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olishni o‘rgatish; informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash malakalarini rivojlantirish; informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining belgilangan davlat talablariga mos holda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar texnologiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish; yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish.
“Xalqaro baholash dasturlarida o‘qish savodxonlik” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:
yangi tahrirdagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun, О‘zbekiston Respublikasi umumiy о‘rta ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini;
ta’lim sohasidagi davlat siyosati va uni amalga oshirish bо‘yicha ta’lim muassasasining vazifalarini;
Informatika va axborot texnologiyalari fanining ilmiy metodik asoslarini;
Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga qо‘yilgan vazifalarni;
axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy asoslarni bilishi;
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quvchilarining o‘zlashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va monitoringini tashkil etish, uni baholashning zamonaviy hamda samarali usullarini qo‘llash;
– fanni takomillashtirishga yo‘naltirilgan axborot resurslaridan foydalanish;
– inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlari va maqsadli kо‘rsatkichlarini tahlil qilish;
o‘quvchilarni qobiliyatlarini aniqlashning zamonaviy usullaridan foydalanish bo‘yicha konikmalariga;