7-mavzu. XX asr oxiri va XXI asr jahon adabiyoti (4 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi) XIX asr oxiri va XX asr boshlari jahon adabiyoti. XX asr adabiyoti: realizm, modernizm, postmodernizm. An’anaviy realizm va novatorlik. Realizm estetikasi. Realizm va tanqidiy realizmning farqli jihatlari. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Frantsuz adabiyotida tanqidiy realizm. F.Stendalning “Qizil va qora” va “Parma ibodatxonasi” romanlari. Balzak ijodi. “Gorio ota”, “Gobsek”, “Evgeniya Grande” asarlari. P.Merime novellalarida real voqelikka tanqidiy munosabatni ifodalash. G.Floberning “Bovari xonim” romanida romantizm adabiyotiga munosabat. Ch.Dikkens va U.Tekkerey ijodi. Nemis tanqidiy realizmning o‘ziga xosligi. G.Geyne ijodida realizm va tanqidiy realizmning uyg’unligi. Rus adibi F.I.Dostoevskiy asarlarida inson ruhiy dunyosining tasviri. Uning romanlari. Dostoevskiy va jahon adabiyoti. L.N.Tolstoy ijodi. Tolstoy – romannavis. “Iqrornoma” asari. “Hojimurod” qissasida xolislik masalasi. Tolstoyning ahloqiy – estetik qarashlari. XIX asr rus adabiyotining “oltin davri”. “Oltin davr”ning jahon adabiyotidagi o‘rni.
XIX asr oxiri va XX asrlarda G’arbdagi adabiy-tanqidiy fikr. Yirik xorij yozuvchi va shoirlarining ijodi, ularning asosiy asarlari tahlili. Jahon adabiyotida poetika muammosi. O‘zbek-xorij adabiy aloqalari. Adabiyotda yangi ijtimoiy muammolalarning paydo bo‘lishi.O.Kont va I.Tenning pozitivizm falsafasi. E.Zolya va aka-uka Gonkurlar naturalizmi. Dekadentlik adabiyoti. Impressionizm. Simvolizm va uning vakillari. Modernizm. Modernizm tarixi va taraqqiyot bosqichlari. Modernizmning nazariy va falsafiy asoslari. Modernizm yo‘nalishlari: ekspressionizm, dadaizm, kubizm, futurizm, abstraksionizm, syurrealizm. Syurrealizm estetikasi. Modernizm va Kafka ijodi. J.P.Sartr va ekzistensializm. Kamyu va absurd falsafasi.Modernizm va mifologiya. Modernizm va XX asr Sharq adabiyoti
8-mavzu. MDH mamlakatlari adabiyoti (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi) Uni davrlashtirish, klassik va zamonaviy adabiyotning uzviy aloqadorligi. MDH mamlakatlari adabiyotidagi muhim adabiy oqimlar. Ularning janriy xosliklari. MDH mamalakatlari adabiyoti. Uni davrlashtirish, klassik va zamonaviy adabiyotning uzviy aloqadorligi. MDH mamlakatlari adabiyotidagi muhim adabiy oqimlar. Ularning janriy xosliklari. MDH mamlakatlari adabiyoti yirik namoyondalari asarlarining tahlili. O‘zbek adabiyoti va MDH mamlakatlarining adabiy aloqalari. Adabiy ta’sir. Tarjima va uning adabiy aloqalardagi roli. Xalqlar orasidagi hamkorlik ishida adabiyotning roli.