4-mavzu: O‘zbek shevalaridaso‘z yasalishi (2 soatma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan Y-lovchi (qorluq), J-lovchi (qipchoq), o‘g’uz guruhi shevalarida so‘z yasalishi hamda ularga xos xususiyatlar.
5-mavzu: Shevalarsintaksisi(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Sintaksis va shevalar sintaksisi. Dialektal so‘z birikmasi. Dialektal sodda gaplar. Gap bo‘laklari va ularning dialektal xususiyatlari. Shevalarda qo‘shma gap, o‘zga gap va dialog.
O‘zbek shevalarining sintaktik xususiyatlari. O‘zbek shevashunosligida leksikografiya va uning muammolari.
Shevalarda ot va unga xos xususiyatlar. Shevalarda sifat hamda uning xususiyatlari.O‘zbek shevalarida son va uning turlari. O‘zbek shevalarida numerativlar. Shevalarda fe’l hamda uning xususiyatlari. Shevalarda ravish va uning turlari. Shevalarda ko‘makchi, bog’lovchi, yuklamalar. Modal so‘zlar, undov hamda taqlid so‘zlarning shevalardagi ko‘rinishlari.
6-mavzu: Adabiy til va dialekt munosabati (2 soat amaliy mashg’ulot) Tilshunoslikda sheva, dialekt, lahja terminlari. O‘zbek tilining dialektal tizimi. Muayyan bir sheva xususiyatlarini tavsif qilish, uning dialektal tizimdagi o‘rnini belgilash.
O‘zbek tilining qarluq, qipchoq va o‘g’uz lahjalari: tarqalishi, fonetik, grammatik, leksik xususiyatlari hamda adabiy tilga munosabati.
Shevalarda ayrim so‘z, so‘z shakllari va atamalarni adabiy tilga olib KIRISh masalasi.
Areal tilshunoslik. Areal tilshunoslik va lingvistik geografiya tushunchalarining identivligi. Uning til va shevalarni o‘rganish usullari. Izoglassa tushunchasi. Dialektal xarita va atlas, uning yaratilish tarixi.
O‘zbek shevalari tizimining ikki xil tashkili: Struktur hamda zonal. O‘zbek shevalarining atlaslarini tuzish tamoyillari.
Xorijdagi o‘zbeklar nutqi: qo‘shni mamlakatlardagi va juda uzoqda joylashgan mamlakatlardagi o‘zbeklar nutqi. O‘zbekiston Respublikasida lingvistik geografiyaning vujudga kelishi va rivojlantirilishi. Lingvistik geografiya va geografik lingvistika.