O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə15/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanning ta’limdagi o‘rni
«O‘zbek dialektologiyasi» fani tinglovchilarda adabiy til va dialekt munosabati, sheva, milliy tili va adabiy til, sheva tillari va jargonlarni farqlash, shuningdek, transkriptsiya orqali o‘zbek shevalarini yozib olish imkoniyatini yaratadi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«O‘zbek dialektologiyasi» fani bo‘yicha mahalliy aholi tomonidan yozib olingan kino, teatr va badiiy asarlardagi lavhalardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
O‘ZBEK DIALEKTOLOGIYaSI MODULINING


O‘QUV REJASI





Mavzular

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

seminar







1. 1.

O‘zbek dialektologiyasining nazariy-metodologik muammolari to‘g’risida umumiy ma’lumotlar

4

2

2





2.

O‘zbek shevalarini tasniflash. Transkriptsiya

6

2

4





3.

Shevalarning fonetik-leksik va morfologik xususiyatlari

4


4





4.

O‘zbek shevalaridaso‘z yasalishi

6

2

4





5.

Shevalar sintaksisi

4

2

2





6.

Adabiy til va dialekt munosabati

6

2

4






Jami

30

10

20







1-mavzu: O‘zbekdialektologiyasiningnazariy-metodologikmuammolarito‘g’risidaumumiyma’lumotlar(2 soat ma’ruza)
Dialekt va adabiy til. Umumxalq tili, adabiy til va mahalliy dialektlar. Dialektlar, ularning paydo bo‘lishi, dialektlarni qabila tarixiga bog’lab o‘rganish. O‘zbek adabiy tilining dialektal asosi. Adabiy tilning jonli xalq tili hisobiga boyishi. Adabiy tilning shevalarga munosabati va ularning ta’siri.
Dialektologiya fanining xalq tarixi, til tarixi, xalq og’zaki ijodiyoti, joy nomlari, antroponimlar, etnografiya va nomshunoslik masalalarini o‘rganish; matbuotdagi har xil yozishlarning oldini olishda; orfografiya, orfoepiya, atamashunoslik masalalarini hal qilish; maktablarda ona tili o‘qitishda va o‘qituvchilar nutqida uchraydigan sheva xususiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyati. «Davlat tili haqida» va «Ta’lim to‘g’risidagi» qonunlarning ijrosida dialektologiya fanining o‘rni.

2-mavzu: O‘zbek shevalarini tasniflash. Transkriptsiya
(2 soatma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot)

O‘zbek shevalarini tasniflashda etakchi tamoyillar: hududiy, etnik, etnogenetik, lisoniy, lisoniy-hududiy (lingvoareal). O‘zbek shevalari tasnifi (I.I.Zarubin,E.D.Polivanov, G’ozi Olim Yunusov, K.K.Yudaxin, A.K. Borovkov,V.V.Reshetov tasniflari). Ularning yutuq va kamchiliklari.
Transkriptsiya turlari. Xalqaro fonetik alfavit (MFA). Turkiy tillar va lahjalarni o‘rganishda rus turkologlari tomonidan qo‘llanilgan transkriptsion belgilar. O‘zbek shevalarini o‘rganishda qo‘llanilgan transkriptsiyalar. Transliteratsiya
Lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvidagi transkriptsiyaga xos xususiyatlar.

3-mavzu: Shevalarning fonetik-leksik va morfologik xususiyatlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot)
O‘zbek shevalarining fonetik tomondan farqlanadigan belgilari: e-lanish, je-lanish, o-lanish va a-lashish. Unli fonemalar.Singarmonizm, uning o‘zbek shevalarida uchrashi. Shevalarda undosh fonemalar va fonetik hodisalar talqini.
Qarluq-chigil-uyg’ur, qipchoq, o‘g’uz lahjalarining fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari.O‘zbek shevalarining adabiy tildan farq qiladigan ba’zi xarakterli lug’aviy xususiyatlari. Shevalarda antonim, omonim, sinonim, ko‘p ma’noli, eskirgan, tarixiy so‘zlar va neologizmlarning o‘ziga xosligi. Dialektal frazeologiya hamda uning shevalararo qo‘llanishi. Shevalarda onomastik birliklar.




Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin