Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 246,65 Kb.
səhifə1/16
tarix03.12.2023
ölçüsü246,65 Kb.
#172164
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-ma\'ruza. HO\'AT.2-oliy ta\'lim


1-MA’RUZA: Kirish. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining maqsad va vazifalari. Til, lison va nutq munosabati. Lisoniy paradigma. Lisoniy munosabat va uning turlari
Reja:
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining o‘rganilish tarixi va bosqichlari. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining maqsad va vazifalari. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining bo‘limlari.
2. Til, lison va nutq munosabati. Lisoniy va nutqiy birliklar. Lisoniy paradigma va uning turlari.
3. Hozirgi o‘zbek tilida lisoniy munosabatlarning turlari: paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, ularning xususiyatlari.
4. O‘zbek tilida lisoniy ziddiyatning turlari: noto‘liq (privativ) ziddiyat, teng qiymatli (ekvivalent) ziddiyat, darajali (gradual) ziddiyat, ularning xususiyatlari.

Tayanch so‘z va iboralar: til, lison, nutq, me’yor, paradigmatik munosabat, nutqiy birliklar, lisoniy birliklar, lisoniy ziddiyat.

  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining o‘rganilish tarixi va bosqichlari. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining maqsad va vazifalari. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining bo‘limlari.

Adabiy til (aniqrog‘i, adabiy nutq) – umumxalq tilining ishlov berilgan, sayqallangan va ma’lum bir me’yorga solingan shakli. Shuning uchun tilning bunday ko‘rinish shakliga tilshunos Mustaqim Mirzayev: «Adabiy til– umumxalq tilidan yasalgan guldasta», – deb baho bergan edi. Demak, o‘zbek adabiy tili sheva va lahjalar bir butunligidan iborat bo‘lgan o‘zbek milliy tilidan farqlanadi. O‘zbek adabiy tili o‘zbek millatiga tegishli bo‘lgan milliy tilning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy til bilan adabiy til (nutq) orasidagi aloqa butun-qism, umumiylik-xususiylik munosabatidek bo‘ladi. Adabiy til (nutq) me’yorlashgan. U xalq shevalaridan ustun turadi va uning me’yorlariga qat’iy rioya qilish shu tilda (xalqqa) so‘zlovchilar, turli sheva va lahja vakillari orasida rasmiy muloqot uchun shart. Adabiy til (nutq) umumxalq madaniyati saviyasining bir ko‘zgusi. Yozma va og‘zaki nutqda adabiy me’yorga rioya qilish so‘zlovchi (yozuvchi) madaniy saviyasini belgilaydi. Кo‘pgina xalqlar adabiy til (nutq) me’yoriga XIX–XX asrlarda ega bo‘lgan bo‘lsa, o‘zbek xalqida adabiy til (nutq) an’anasi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bevosita o‘zbek xalqi tarixiga mansub bo‘lgan adabiy nutq me’yoriga rioya qilib yozilgan yozma yodgorlikdan katta va eng qadimiysi – Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Mahmud Кoshg‘ariyning arab tilida yozilgan «Devonu lug‘oti-t-turk» qomusida berilgan IX–XI asrlar adabiy tili fonetik-leksik-grammatik me’yorining tavsifi XI asrga mansub. Mashhur turkiyshunos olimlar akademik V.Radlov va akademik A.Кononov (Rossiya), Mahmed Fuad Кo‘prulu, Ahmad Arat, Besim Atalay (Turkiya), Кari Brokkelman, Anna Mari fon Gaben (Olmoniya), Yiliy Nemet (Mojoriston), Кarl Menges, Omelyan Pritsak (AQSh) kabilarning umumiy fikriga ko‘ra, adabiy-badiiy nutq «Qutadg‘u bilig» yoki «Devonu lug‘otit turk»da keltirilgan turkiy she’riy parchalarda aks ettirilgan holatga kelish uchun kamida 300–500 yillik badiiy ishlov an’anasiga ega bo‘lmog‘i kerak edi. Shuning uchun o‘zbek xalqi uzluksiz ming yillik adabiy til an’anasi bilan to‘la ma’noda faxrlansa, arziydi. O‘zbek tili tarixini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga ajratamiz:
1-jadval:




Yüklə 246,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin