Mantiqiy mushohada uchun
1.Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi, degan hukmni qanday tushunasiz?
2.Ongdagi har bir UMIS tafakkur mahsuli degan hukmni qanday tushunasiz?
3.“Dialektik yaxlit” bo‘lgan narsa bo‘linuvchanmi yoki bo‘linmas?
“Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot. Nutq lisoniy birlikning jamiyat a’zolari ongida o‘rnashgan me’yor asosida muayyan moddiy (yozma, og‘zaki va h.) shakllardan birida voqelanishidir. Masalan, a fonemasi og‘zaki nutqda eshitiladigan tabiatga ega bo‘ladi, bu eshitilish tovushning baland/pastlik, cho‘ziq/qisqalik, kuchli/kuchsizlik, urg‘ulilik/urg‘usizlik kabilarni o‘z ichiga oladi. So‘zlovchi fonemalarni nutq tovushiga qanday sharoitda qay tarzda aylantirish qoidalarini biladi va bu qoidalarni til jamiyatidan o‘zlashtirib oladi. Ana shu qoidalar me’yor deyiladi.
Ferdinand de Sossyur lison-nutq munosabatini shatranj o‘yini qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan.
Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongdagi lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatiga o‘xshaydi. O‘yinchi bamisoli so‘zlovchi, shaxmat o‘yinini bilishi esa so‘zlovchining nutq qobiliyatiga monand. Donalarning harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin:
Shaxmat – o‘ynash qobiliyati – o‘yin
Lison – nutq qobiliyati – nutq
Shaxmat donalari va ularning yurish imkoniyati o‘ynovchining barchasi uchun umumiy bo‘lganligi kabi lisondan foydalanishda ham shu tilda so‘zlashuvchilar teng huquqli.
Lison va shaxmat qurilmalari o‘zaro qiyoslanadigan bo‘lsa, avvalo, ularning birliklari orasida umumiy o‘xshashliklar borligini ta’kidlash lozim. Har ikkala qurilma ham birliklar sistemasi va bu birliklarning o‘ziga xos vazifalari bilan ish ko‘radi. Bunda ma’lum qoida va qonuniyatlarga tayaniladi.
Lison va nutq munosabatiga dialektika kategoriyalari nuqtayi nazaridan yondashilsa, u haqdagi tasavvur va bilim to‘laqonli bo‘ladi (3-jadval):
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |