Qo‘shimcha adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Entsiklopediyasi. –T.: Milliy entsiklopediya, 1997.
G’ulomova N. Adabiyot darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. T.: Asr matbuot MChJ. 2003. 20-b.
Ma’rifat jurnali – www.ma,rifat-inform.uz
Moziydan sado jurnali – www.moziy.dostlink.net
http:www.istedod.uz - “Iste’dod” jamg’armasi sayti.
http:www.uzedu.uz–xalq ta’limi vazirligi sayti.
1.09. JAHON ADABIYOTI
KIRISH
“Jahon adabiyoti” fani dasturijahon badiiy tafakkuri, jahon badiiy tafakkuri rivojida eng qadimgi adabiy manbalar, yirik adabiy yo‘nalishlar, oqimlar, G’arbdagi adabiy-tanqidiy fikr, MDH mamlakatlari adabiyoti yirik namoyandalari ijodi, o‘zbek-xorij adabiy aloqalari kabi masalalarni qamrab olgan.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi – jahon adabiyotining spetsifik xususiyatlari, jahon badiiy tafakkuri, yirik adabiy yo‘nalishlar, oqimlar, adabiy-tanqidiy fikrlar, turli davr adabiyot namoyandalari asarlari bilan tanishish orqali tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari – tinglovchilarda fan doirasiga qamrab olingan mavzular, nazariy ma’lumotlar vositasida kasbiy bilimlarini takomillashtirish.
Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi,ko‘nikma va
malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Jahon adabiyoti” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:
fanning maqsadi va vazifalari, jahon badiiy tafakkuri tadriji, eng qadimgi adabiy manbalar, yirik adabiy yo‘nalishlar va oqimlar (antik davr, o‘rta asrlar adabiyoti, uyg’onish davri adabiyoti, ma’rifatparvarlik adabiyoti, romantizm va realizm adabiyoti, modernizm va postmodernizm), XIX –XX asrlarda jahon adabiyoti, MDH mamlakatlari adabiyoti yirik namoyandalari ijodi, o‘zbek-xorij adabiy aloqalarini bilishi va malaka hosil qilishi;
jahon adabiyotining eng etuk namunalarini tahlil qila olish, o‘zbek adiblari asarlarini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish, talqinva tahlil qilish, o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyoti namunalarini qiyoslash va o‘rinli xulosalar chiqara olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |