16-mavzu: Virtual muzeylar, virtual kutubxona materiallaridan ona tili va adabiyot darslarida foydalanish (2 soat amaliy mashg’ulot) Internet tarmog’ida dunyo muzeylari saytlarini izlash, virtual muzeylar materiallarini to‘plash, ularni davrlar yoki hududlar bo‘yicha turkumlashtirish, dars uchun muzey materiallaridan o‘quv materiali tayyorlash va undan darsda foydalanish metodikasi
17-mavzu: Ona tili va adabiyot fanidan audiovizual multimedia vositalari yordamida metodik mahsulot yaratish usullari va undan foydalanish soat amaliy mashg’ulot)
Ma’lumot yig’ish. Birlamchi qayta ishlash. Audio va video materiallarni qayta ishlash. Yig’ilgan materiallarni tizimlashtirish. Dasturiy ta’minot bazasiga biriktirish. Yaratilgan audiovizual multimedia metodik mahsulotlaridan dars jarayonida foydalanish.
18-mavzu: Tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bo‘yicha dars ishlanmalari taqdimoti (4 soat amaliy mashg’ulot). Tinglovchilarning o‘z tajribasiga suyangan holda tayyorlagan ilg’or pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar asosidagi darslari ishlanmasi va darsining taqdimoti o‘tkaziladi. Tinglovchilarning o‘z tajribasiga suyangan holda tayyorlagan ilg’or pedagogik texnologiya asosida o‘tadigan ayrim darslari ishlanmasini guruh ishtirokida muhokama etib, kerakli tavsiyalar beriladi. Bunda tinglovchilarning o‘zaro faol tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2-3 tinglovchi birgalikda dars ishlanmasi tayyorlashi ham mumkin.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar Azizxo‘jaeva N.N. O‘qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. –T.: TDPU. 2000. 52 b.
Ziyomuhamedov B. Abdullaeva Sh. Ilg’or pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. – T.: Ibn Sino. 2001. 79 b.
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2008.-180 b.
Madaev O. «O‘quvchilar bilimini baholashda vaqtdan samarali foydalanish usullari». Toshkent 2007 y. 3 – 24 betlar.
Tolipov.O‘., Usmonboeva.M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.- T.: Fan, 2005. -205 b.