3
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Mazkur fan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o’qitiladigan «Texnologiya» fani
bilan bevosita aloqador bo'lib, texnologiya fani quyidagi yonalishlar asosida o’qitiladi:
servis xizmati, texnologiyada dizayn, umumlashtirilgan yonalish. Shuni inobatga olgan
xolda mazkur o’quv fani dasturida ikkita bo’lim asosida mavzular shakllantirilgan.
Servis xizmati boyicha gazlamaga ishlov berish bo’limi mazmunida texnologiya fanini
5-9 sinflarda o‘qitishda gazlama turlari, xossalari, kiyim chizma asoslarini
konstruktsiyalash, andaza tayyorlash modellashtirish, bichish va tikish texnologiyasi,
mexanik usulda ishlov berish texnologiyasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid
mavzular ko’zda tutilgan.
Texnologiyada dizayn bo’limini oqitishda yog’ochga ishlov berish, buyum
tayyorlash texnologiyasi, randalash, parmalash, tokarlik, frezalash, stanoklarida ishlov
berish nazorat o‘lchov va rejalash asboblari, dastakli asboblar shuningdek, yupqa
tunikaga ishlov berish va yuqori sifatli buyumlar tayyorlash chaqida ma'lumotlar
berilgan.
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Ushbu fanning
maqsadi
- talabalarga servis xizmati boyicha gazlamaga ishlov
berish bo’limi mazmunida texnologiya fanini 5-9 sinflarda o‘qitishda gazlama turlari,
xossalari, kiyim chizma asoslarini konstruktsiyalash, andaza tayyorlash modellashtirish,
bichish va tikish texnologiyasi, mexanik usulda ishlov berish texnologiyasi, xavfsizlik
texnikasi qoidalariga oid, texnologiyada dizayn bo’liminini o’qitish orqali yog’ochga
ishlov berish, buyum tayyorlash texnologiyasi, randalash, parmalash, tokarlik, frezalash,
stanoklarida ishlov berish nazorat o‘lchov va rejalash asboblari, dastakli asboblar
shuningdek, yupqa tunikaga ishlov berish va yuqori sifatli buyumlar tayyorlash
bo’yicha malaka hosil qilishni ko‘zdatutadi.
Ushbu fanning