Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi: Talaba:
kimyoning tarixi, davrlarga bo’linganligi, har bir davrning o’ziga xos mazmuni va davomiyligi, kimyo atamasining kelib chiqish tarixi, atom, element, ekvivalent tushunchalarining tub ma’nosi, g’oyalar, gipotezalarni ilgari surgan va tegishli amaliy ishlarni bajargan eng mashxur olim va mutafakkirlarning roli, kimyoning o’z tarixiy rivojlanish jarayoni davomida ratsional yo’lga o’tishi, kashf qilingan muhim ob’ektiv qonuniyatlarning nazariy poydevori, bugungi yutuqlari va kelgusidagi istiqboli to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
kimyo tarixi fainini, kimyoning asosiy amaliy va nazariy faktik materiallari bilan birgalikda ayni bir vaqtda parallel o’rganish yo’li bilan, kimyoviy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish, kimyoning rivojlanish tarixidagi muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
III. Fandan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti