Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) mazmuni
Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni
1-modul. Kimyo tarixining davrlari.
3.1.1.1. “Kimyo tarixi” faniga kirish. (2 soat). Kimyo tarixini o’rganishga bo’lgan urinishlar. Insoniyat rivojlanish tarixini tosh, yangi tosh (neolit), mis, bronza, temir davrlariga bo’linishi. Grek atomistikasi. Atom tushunchasining kiritilishi. Kimyoning vujudga kelish va uning tarixining davr va davrlargacha ajratilishi.
Kimyo va sivilizatsiya. Kimyoning predmeti. Metallar va pista ko’miri, olov- mehnatning universal vositasi sifatida. Kulolchilik, shisha pishirish va unga kerak bo’lgan xom-ashyolar. Moddalarni issiqlik ta’sirisiz o’zgartirish.
Ellinizm davrida kimyo. Kimyo hunar va mo’jiza yaratuvchi soha sifatida.
[A1. 11-30; A2. 10-15; A3. 3-9; 10-13; A4.11-21; Q2.9-16; 17-36; T1. 3-9].
3.1.1.2. Alkimyo davri. (4 soat). Alkimyoning kelib chiqishi va o’ziga xos tomonlari. Yunon -Misr alkimyosi. Arab alkimyosi. Sharq alkimyosi va uning eng mashhur namoyondalari. Buyuk Sharq va Markaziy Osiyoda mutafakkir va faylasuf olimlarning namoyondalari va ularning kimyo sohasidagi ishlari (Jobir ibn Xayyom, Kindiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abdul-Abbos Fargoniy).
G’arb alkimyosi va u erishgan natijalar va yutuqlar. Alkimyoning tugallanishi. Kimyoning birlashish davri.
[A1.31-57; A2. 16-21; 22-29; A3. 13-19; A4. 22-29; A3.20-45; A4.35-51; Q2.16-28; T1.10-21;].
3.1.1.3. Kimyoning birlashish davri. (2 soat). Davrning o’ziga xos tomonlari. Yatrokimyo va uning erishgan natijalari. Texnik kimyoning XVI va XVII asrlardagi boshlang’ich qadamlari. Metallurgiya, texnik kimyo namoyondalari va yutuqlari. Pnevmokimyo. XVII asrda amaliy kimyo va atomistika. Kimyoning vazifalari to’g’risida aytilgan R.Boyl fikrlari. “Flogiston” nazariyasining alkimyoga qarshi qo’yilishi. G.Shtal, R.Lulliy, R.Bekonlarning g’oyalari, flogistikaning boshqa namoyondalari va tarafdorlari (Blek, Kavendish, Pristli va b.).
Sanoat revolyutsiyasigacha kimyoviy hunarmandchilikning rivojlanishi. Kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar va materiallar – shisha, chinni, keramika, tuzlar, qog’oz ishlab chiqarish, Kant, Leblan usullarida soda olish.
Tajribaviy usullarning rivojlanishi. Lomonosovning ilmiy faoliyati.
Lavuazye XVIII asrning mashxur kimyogari, uning o’ziga xos o’rni, hayoti va faoliyati. Flogiston nazariyasiga qarshi kurash. Lavuazye laboratoriyasi. Berseliusning kimyoviy analiz sohasidagi ishlari. Moddalarning tarkibi va xossalari to’g’risidagi fikrlarning shakllanishi. Yangi elementlarning kashf qilinishi. Element tushunchasining evolyutsiyasi. Kimyoviy nomenklaturaning kiritilishi.
[A1.59-79; 107-128; 135-154; A2. 30-38; 43-57; A3. 47-50; 51-53; 54-57; 58-67; A1.59-79; 107-128; 135-154; A2. 30-38; 43-57; A3. 47-50; 51-53; 54-57; 58-67; A4. 51-70; A4. 51-70; Q2.29-33; 34-52; Q2.29-33; 34-52;T1. 22-25T1. 22-25].