Kimyoning birlashish davri. Davrning o’ziga xos tomonlari. Yatrokimyo va uning erishgan natijalari. Texnik kimyoning XVI va XVII asrlardagi boshlang’ich qadamlari. Metallurgiya, texnik kimyo namoyondalari va yutuqlari. Pnevmokimyo. XVII asrda amaliy kimyo va atomistika. Kimyoning vazifalari to’g’risida aytilgan R.Boyl fikrlari. “Flogiston” nazariyasining alkimyoga qarshi qo’yilishi. G.Shtal, R.Lulliy, R.Bekonlarning g’oyalari, flogistikaning boshqa namoyondalari va tarafdorlari (Blek, Kavendish, Pristli va b.).
Sanoat revolyutsiyasigacha kimyoviy hunarmandchilikning rivojlanishi. Kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar va materiallar – shisha, chinni, keramika, tuzlar, qog’oz ishlab chiqarish, Kant, Leblan usullarida soda olish.
Tajribaviy usullarning rivojlanishi. Lomonosovning ilmiy faoliyati.
Lavuazye XVIII asrning mashxur kimyogari, uning o’ziga xos o’rni, hayoti va faoliyati. Flogiston nazariyasiga qarshi kurash. Lavuazye laboratoriyasi. Berseliusning kimyoviy analiz sohasidagi ishlari. Moddalarning tarkibi va xossalari to’g’risidagi fikrlarning shakllanishi. Yangi elementlarning kashf qilinishi. Element tushunchasining evolyutsiyasi. Kimyoviy nomenklaturaning kiritilishi.
12
2
4
6
4.
Miqdoriy qonunlar davri. XIX asrning dastlabki 60 yili mobaynida hozirgi zamon kimyosining eng muhim qonun va qoidalari (ekvivalent, tarkibning doimiylik, karrali nisbatlar qonunlari, Daltonning atom nazariyasi.gazlarning hajmiy birikish qonunlari). Gey-Lyussak, Avogadroning molekulyar nazariyasi. Atom massalarini reforma qilish. Elektroliz qonunlarining kashf qilinishi (Faradey ishlari). S. Kannitsaroning atom reformasi. XIX va XX asrlarga kelib organik kimyoning rivojlanishi. U.Perkin va Bayerlarning ishlari. Organik kimyo va kimyoviy nazariyalar. Murakkab radikallar, metallepsiya, izomeriya va gomologlar. Organik moddalarning tuzilish nazariyalari. XX asrda organik kimyoning taraqqiyoti. Organik sintez (Fisher, Karrer, Vudvord va Xoffmanlarning organik sintez sohasidagi, Uotson va Kriklarning DNK va RNK larning ikkilamchi tuzilishini aniqlash bo’yicha erishgan olamshumul yutuqlari). Pregl tomonidan organik reaksiyalarni mikroanaliz metodi vositasida ishlab chiqilishi.
Elementlarning davriy sistemasi. Davriy jadvallarning xillari. D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi. Davriy qonun. Radioaktivlik.
Kimyoviy bog’lanish nazariyasining yaratilishi. Bionoorganik kimyo va uning yutuqlari. Transuran elementlarning kashf etilishi.