O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini D. Rustamov


II.bob O’zbek adabiyoti durdonalarida obrazlar tasnifi



Yüklə 101,39 Kb.
səhifə7/10
tarix04.05.2023
ölçüsü101,39 Kb.
#107489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
adabiyot kurs ishi. aniq 412

II.bob O’zbek adabiyoti durdonalarida obrazlar tasnifi
O`quvchilar o`zbek mumtoz adabiyoti asarlarini o`rganayotganda qahramonlarning ruhiy holatlari, shaxsiy fazilatlari bilan bog`liq bir qator notanish tushunchalarga duch keladilar. V.S.Baevskiy “Voprosы metodiki vospitaniya literaturnogo vkusa na urokax literaturы v starshix klassax” qo`llanmasida ta`kidlaganidek, “O`tmish asarlari o`quvchilar uchun tushunarli bo`lsin va ularning sevimli kitoblariga aylansin uchun bugungi kunda o`quvchilarga tushunarli va yaqin “tayanch” muammolar, his-tuyg`ularni topib, ko`rsatib berish kerak” .Darhaqiqat, yoshlarning quvonchiyu tashvishlari, qayg`ulariyu umidlariga tutash keladigan dolzarb muammolar ko`tarilgan asarlar ular ongida yuksak hayotiy printsiplarning tiniqlashuviga yordam bera oladi. Badiiy asarlarning ma`lum bir qismi bolalar uchun maxsus atab yozilmagan, bolalarning tushunishlariga moslashtirilmagan, binobarin, o`sib borayotgan kitobxon o`qituvchi yordamida “o`zidan yuqori ko`tarilishi” kerak. Gap shundaki, har bir asar “o`zini o`qishga o`zi o`rgatadi”. O`qituvchining vazifasi – asar o`zining tur va xil tabiatini bildiradigan nomi, uslubining o`ziga xosligi bilan kitobxonga yuboradigan “signallarni” ushlab qolish. Yozuvchi hozirjavob kitobxonga mo`ljallabgina qolmay, balki uni tarbiyalaydi, nimaga sinchiklab qarash, nima ustida o`ylash, nimaga taqqoslash, qaysi taassurotlarga qaytish kerakligini aytib turgan holda bildirmay va xolis etaklab boradi. Faqat yozuvchining ovozini eshitish kerak, xolos . Hayot ma`nisi yoshlar uchun g`oyatda dolzarbdir, u o`ziga xos “dunyoqarashga doir izlanishlar fokusi”ga aylanadi. Bu davrda o`quvchilar umuman ijtimoiy taraqqiyot yo`nalishlari haqida, xususan o`z hayotining aniq maqsadlari to`g`risida bosh qotiradilar, zero, bu masalalar, I.S.Konning tushuntirishicha, “ilk yoshlik chog`ida yirik qilib qo`yiladi, binobarin unga universal, hamma uchun yaray oladigan javob ham kutiladi” [6,73-74]. Shunga ko`ra ham N.F.Chetverik IV-V sinflarda o`quvchilar odamlarning xarakter xususiyatlari haqida amaliy tajribalar to`plashlari zarur deb hisoblaydi. Ma`lumki, san`atkor yaratayotgan obrazlar muayyan tushunchalarni (yaxshilik, yomonlik, yovuzlik,...) hayotiy saboq tariqasida taqdim etadi. O`quvchilar ana shu tushunchalar bilan izchil tanishib boradilar. Bu tushunchalar yuqori sinflarda obrazlarga xarakteristika berish jarayonida asqotadi. Asar qahramonlari haqida, yozuvchining asar bayonida egallagan mavqei to`g`risida gapirganda, g`oya tushunchasiga ko`p murojaat etiladi. G`oya so`zi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da quyidagicha tushuntiriladi: G`OYa 1. Biror ish-harakat qilish haqidagi fikr, o`y; niyat, maqsad... 2. Dunyoqarashning asosiy, muhim printsipi... .
Asar qahramonlarining o`z oldiga qo`ygan maqsadlari g`oyaviy intilishlarini ifoda etadi. Uning fazilatlari ana shu intilishlardagi muqimlikni,ikkilanishlarni va boshqa holatlarni belgilaydigan ko`rsatkichlar bo`la oladi. Qahramonning dunyoqarashi asar davomida yo rivoj topadi, yoki ma`lum sabablarga ko`ra o`zgaradi. Binobarin, uning shaxsiy fazilatlari, g`oyaviy intilishlari, dunyoqarashi bir butunlikni tashkil etadi. San`atkor voqelikni qaysi mavqedan, qaysi davr nuqtai nazaridan turib idrok etsa, shu davr va mavqedan turib uni yoritadi, o`zi o`ylagancha, fikrlagancha yoritadi, o`z tuyg`ulari va kechinmalarini singdiradi. Bu borada I.To`lakovning “Hozirgi o`zbek lirikasida davr va qahramon talqini” mavzusidagi tadqiqot ishi e`tiborga loyiqdir.


Yüklə 101,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin