O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə33/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

JIM QOLISHstilistik figuralardan biri, she’riy misralarda ifodalanayotgan fikr ifodasini atayin tugatmay qoldirish. J.q.da fikr oxirigacha ifodalanmasa-da, uning aniq anglashilib turishi shart, buning uchun esa avvalgi misralarda puxta zamin hozirlanishi lozim. Mas.:
Men sendan ketmoq istayman
Yomg’ir dek emas, –
Yomg’ir yana qaytib keladi.
Men sendan ketmoq istayman
SHamol dek emas, –
SHamol yana qaytib yeladi.
Men sendan ketmoq istayman
Muhabbat kabi... (X.Davron)
She’rning dastlabki ikki satri uchinchi misra bilan, keyingi ikki satri oltinchi misra bilan izohlansa, so‘nggi ikki satrda shoir bu yo‘ldan bormaydi – jim qoladi, izohni she’rxonning o‘zi o‘zicha shakllantirishi zarur bo‘ladi. Bunga matnda yetarli asos bor: she’rning birinchi va ikkinchi uch misrali bandlari sintaktik (strofik) parallyelizm usulida qurilgan bo‘lib, uchinchi misralar dastlabki ikki misrani izohlaydi, ya’ni “nega yomg’ir dek emas? – chunki u qaytib keladi”, “nega shamol dek emas? – chunki u qaytib keladi”. So‘nggi misradagi “kabi” bilan avvalgi misralardagi “emas”ning zidligi oxirigacha ifodalanmagan fikrni “muhabbat kabi – chunki u qaytib kelmaydi” tarzida tushunishga asos bo‘ladi.
IJODIY NIYAT – muallif niyati – badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. I.n. san’atkorning voqelik bilan munosabati, voqelikni O‘ZICHA (o‘zining estetik ideali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tug’ma istye’dodi quvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o‘laroq yuzaga keladi. I.n.da yaratilajak asarning asosiy chizgilari, biroz xiraroq tarzda bo‘lsa-da, ko‘zga tashlanib turadi, boshqacha aytsak, I.n. asarning san’atkor ongidagi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, san’atkor I.n.dayoq o‘quvchiga muayyan ta’sir qilishni ko‘zda tutadi, ya’ni maqsad ijroga ta’sir qiladi, niyat va ijro birlashadi. Zero, san’atkorning estetik ideali bilan mavjud voqelik orasidagi nomuvofiqlik badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idealga yaqinlashish uning maqsadidir. Demak, I.n. bilan uning ijrosi, ijod motivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, butun hodisaga aylantiradi. SHunga ko‘ra, ijod – I.n.ni amalga oshirish, san’atkorning o‘y-fikrlari, bahosi, badiiy konsyepsiyasini badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtirish jarayoni demakdir. Albatta, I.n. turg’un tushuncha emas, ya’ni u ijod jarayonining boshida paydo bo‘lganicha qolmaydi, aksincha, byevosita ijod jarayonida sayqallanib, konkryetlashib boradi, muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. YAna bir tomoni, I.n. turli darajada amalga oshadi va bu tabiiy ham. CHunki I.n.ning qay darajada amalga oshishi qator omillar (muallifning ijodiy tajribasi, badiiy mahorati, konkryet davr sharoiti va sh.k.) bilan bog’liqdir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin