SIMVOLIZM (yun. simbolon, fr. simbolisme – belgi, nishon) – Yevropada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kuzatilgan madaniy-ma’naviy inqiroz sharoitida, pozitivistik yondashuv (q. naturalizm) va tobora urchib borayotgan omma adabiyoti (byellyetristika) namunalari obro‘sizlantirgan realistik tasvir prinsiplariga qarshi o‘laroq, vujudga kelgan adabiy oqim. S.ning adabiy-estetik asoslari XIX asrning 60-70-yillarida P.Verlyen, A.Ryembo, S.Mallarmye kabi fransuz shoirlari ijodi bilan qo‘yilgan. Mutaxassislar S.ga romantizm vorisi sifatida qaraydilar, shu bois ham uning falsafiy asoslarini A.SHopengauer, E.Gartman va, qisman, F.Nisshe ta’limotida ko‘radilar. Simvolistlar konkryet-hissiy idrok doirasidan tashqarida turuvchi g’oyalar, “o‘zi-o‘zidagi narsa”larni badiiy aks ettirishga intiladilar. Ularga ko‘ra, simvol kundalik maishat domidan qutulish va dunyoning ideal mohiyatini anglash uchun obrazdan ko‘ra samaraliroq vositadir. Ular shoir qalban mutlaq haqiqatga yaqin turadi, shu bois u olamni simvollar orqali intuitiv tarzda idrok eta oladi, deb hisoblaydilar.
SONET (ital. sonetto, provanscha sonet – qo‘shiq so‘zidan) – qat’iy she’r shakllaridan biri, shakl xususiyatlariga ko‘ra tasnif etiluvchi lirik janr. S. o‘n to‘rt misradan tarkib topib, ikkita katryen va ikkita tyersyetni o‘z ichiga oladi. S.ning kanonik shakli ikki ko‘rinishda bo‘lib, “italyancha” variantida katryenlari abab abab, tyersyetlari esa cdc dcd (yoki cde cde); “fransuzcha” variantida katryenlari abba abba, tyersyetlari ccd eed (yoki ccd ede) tarzida qofiyalanadi. She’riyat tarixida S.ning kanonik talablardan chyekinish hollari ham uchraydi. Jumladan, “ingliz” S.ida uchta katryen va bitta distixdan tashkil topib, katryenlari abab cdcd efef tarzidagi kyesishgan, distix esa gg tarzida juft qofiyalanadi. SHuning dek, S.ga bundan boshqa ham turli o‘zgarishlar (qofiyalanishiga: boshdan oxirigacha juft va toq misralari ababab... tarzidagi sxema; kompozisiyasiga: avval ikki tyersyet, keyin ikki katryen; o‘lchoviga: katryenlardagi to‘rtinchi misra boshqa o‘lchovda va b.) kiritib, turfa variantlari tajriba qilib ko‘rilgan. Biroq S.ning kanonik shakllari baribir o‘z mavqyeini daxlsiz saqlab qolgan, hozirda ham S. deganda shular nazarda tutiladi.