O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə13/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR::
1. Adabiyot nazariyasi qanday fan?
2. Adabiyotshunoslikning asosiy tarkibiy qismlari orasidagi o‘zaro bog’liqlik, uzviy aloqani tushuntirib bering.
3. Tanqidchi, manbashunos, matnshunos, adabiyotshunos deganda kimlarni tushunasiz?
4. «Matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kesishgan nuqtada kechadi» degan fikrni qanday tushunasiz?
5. «Paleografiya», «arxeografiya» terminlarining ma’nosini aytib bering.
6. Estetik faoliyat va badiiy ijod tushunchalarining o‘zaro munosabati qanday?


ADABIYOTLAR:
1. Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi.-T.: O‘zbekiston,1995.
2.Yo‘ldoshev B. 60-70-yillar adabiy tanqidchiligi tarixiga bir nazar.- Sharq yulduzi.- 1999.- №6.- B.153-155.
3. Mirzayev T. Milliy istiqlol mafkurasi va o‘zbek adabiyotshunosligi G’G’ O‘zbek tili va adabiyoti.-1994.-№3.-B.3-6.
4. Mineralov Yu.I. Teoriya xudojestvennoy slovesnosti.-M.,1999.
5.Mo‘minova N. Adabiyot nazariyasidan ilk qo‘llanma G’G’ O‘zbek tili va adabiyoti.-1999.-№4.-B.56-57.
6. Ortega-i-Gasset. Degumanizasiya iskusstva.-M.: Raduga, 1991
7. Suvonqulov I. Mumtoz adabiyotni o‘rganish mezoni.-Muloqot.-1995.-№3.-B.25-27.
8. Fitrat. Adabiyot qoidalari. T., 1995.


7-MA’RUZA. SOSIOLOGIK METODNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:

  1. Sosiologik metodning mohiyati va unda ish ko‘rish talablari.

  2. Sosiologik metod bilan ish ko‘radigan adabiyotshunos badiiy adabiyot bilan ijtimoiy hayot, badiiy voqelik bilan real hayotiy voqelik orasini tadqiq etishi.

  3. Badiiy asarda hayotiy haqiqat va badiiy to‘qima munosabatini o‘rganish tamoyillari.

  4. Rus adabiyotshunosligida sosiologik metod masalasi.

  5. 20-yillar o‘zbek adabiy tanqidchiligi va sosiologik metodi muammosi.



Tayanch tushunchalar: Sosiologik metod, sosialistik realizm, vulgar sosializm, sosiologik tahlil metodi.

Adabiyotshunoslik metodologiyasining mohiyati g’oyaviy-nazariy, g’oyaviy-estetik masalalar bilan aloqadordir.


O‘zbek adabiyotshunosligida yildan yilga estetik yo‘nalishga e’tibor kuchayib bormoqda.
Badiiy adabiyotning ijtimoiy-estetik tabiatini inkor qilib bo‘lmaydi. Bu uning ijtimoiy vazifalaridan ham kelib chiqadi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi – ijtimoiy fan. Shuning uchun hayotdagi o‘zgarishlar uning tabiatida ham namoyon bo‘lib boradi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi juda ko‘p ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda ish ko‘radi. Jumladan, u adabiyot nazariyasi, adabiyotshunoslik tarixi, falsafa, psixologiya, tilshunoslik, estetika fanlari bilan uzviy bog’liqdir.
"San’at" so‘zi "go‘zallik", "mahorat", "did" tushunchalari bilan bog’liqdir. Insonning go‘zallik qonuniyatlari asosida mahorat va did bilan yaratgan narsalarining hammasi san’atga aloqadordir. Shu bois ham "amaliy san’at" va "badiiy (nafis) san’at" turlari bir-biridan farqlanadi. Amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, modelyerlik kabi qator sohalar kirsa, badiiy san’atlarga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr kabilar mansubdir. Amaliy san’at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy san’at namunalari insonning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.
Amaliy san’at ham, nafis san’at ham estetik faoliyat mahsuli. Insonning go‘zallik qonunlari asosida borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan faoliyati estetik faoliyat deb yuritiladi. Badiiy ijod estetik faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida mavjuddir.
Tor ma’noda qo‘llanilgan "san’at" so‘zi badiiy san’atlarni ko‘zda tutadi. Badiiy san’atlar deganda musiqa, raqs, rassomlik, haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, teatr, kino kabi san’at turlari tushuniladi. Bu san’at turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik, ya’ni, ularning bari badiiy obraz vositasida fikrlaydi. Biroq obrazni yaratish materialiga ko‘ra ular o‘zaro farqlanadi. Musiqa ohanglar, rassomlik ranglar, raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik qotgan plastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot esa so‘z vositasida obraz yaratadi va shu bois ham so‘z san’ati deb yuritiladi. So‘z universal bilish vositasi bo‘lganidek, universal ifoda vositasi hamdir: har qanday fikriy faoliyat va hisning ifodasi so‘z vositasida amalga oshadi, amalga osha oladi. So‘z bilan ish ko‘rgani uchun ham badiiy adabiyot boshqa san’at turlari orasida tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengligi bilan alohida o‘rin va mavqye kasb etadi.
San’at turlarining ichida ifodaviy va tasviriy san’at turlari farqlanadi. Bir xil san’at turlari tasvirlasa, boshqalari ifodalaydi. Aytaylik, musiqa - ifoda san’ati, kompozitor ohanglar orqali kechinmalarini ifodalaydi va shu ohanglar ruhiyatimizda muayyan bir kayfiyat hosil qiladi. Musiqani tinglarkan, o‘sha kayfiyat asosida har bir tinglovchi o‘ziga xos bir manzarani, holatni ko‘z oldiga keltiradi. Ya’ni, kompozitor muayyan obraz ta’sirida tug’ilgan kechinmalarni ifodalaydi — obrazning o‘zini tasvirlamaydi, tinglovchi esa kechinmalar asosida o‘sha obrazni o‘zi tasavvur etadi. Rassomlik bilan haykaltaroshlik tasviriy san’at turlari sanaladiki, bunda biror manzara, holat musavvir qalbini jumbushga keltiradi, ko‘nglida muayyan kechinmalar buhronini qo‘zg’aydi — musavvir o‘zini hayratga solgan, zavqlantirgan, ko‘nglida kechinmalar qo‘zg’agan o‘sha manzarani rangtasvirda muhrlaydi. Badiiy adabiyotga shu jihatdan nazar solinsa, uning qorishiq hodisa sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rinadi: deylik, epik asarlarda tasviriylik xususiyati ustunligini, lirik asarlarda esa ifodaviylik yetakchilik qilishini kuzatish mumkin.
San’at turlari orasidagi farq yana ularning resepiyent (o‘quvchi, tinglovchi, tomoshabin) tomonidan qabul qilinishidagi o‘ziga xoslikda ham ko‘rinadi. Masalan, rassom chizgan peyzajni qabul qilish jarayoni bilan epik asardagi so‘z bilan tasvirlangan peyzajni qabul qilishda farq bo‘ladi. Rangtasvir asarini yaxlit holda ko‘rish mumkin. Badiiy adabiyotdagi peyzajni qabul qilishda esa, aksincha, qismdan butunga qarab boriladi.
Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatganidek, boshqa san’at turlari ham badiiy adabiyot taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, adabiyot boshqa san’at turlari bilan aloqada yashaydi va rivojlanadi. Masalan, o‘zbek milliy teatrining rivojlanishi o‘zbek badiiy prozasining tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytirgani, nasriy asarlar strukturasini o‘zgartirgani shubhasizdir. Zamonaviy nasriy asarlarda "sahnaviylik"ning kuchaygani, dialoglarning tobora keng o‘rin olib borishi hamda tasvirda "obyektivlik"ka intilishning ortgani teatr san’atining rivoji bilan bog’liqdir. Zero, teatr san’ati milliy badiiy tafakkurni boyitdi: nosirlarimiz "dialog" vositasida qahramonlar ruhiyatini ochish, hayotiy holatning ruhiy asoslarini ko‘rsatish kabi yangi badiiy imkoniyatlarni o‘zlashtirdilar.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin