O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə30/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

GRAFOMANIYA (yun. grapho – yozmoq, mania – kasallik, dard) – iqtidori bo‘lmagan holda yozishga ruju qo‘ymoq. G. yozuvchilikni jo‘n tushunish, unga shuhrat va boylikka erishishning oson yo‘llaridan biri deb qarash, o‘zining ijodiy imkoniyatlarini real baholay olmaslik oqibatida yuzaga keladi. Kitob nashr etish imkoniyatlari kengaygan hozirgi kun sharoitida G. keng tarqalgan hodisaga aylandi. G. ma’lum darajada kasallik sanalishi (“maniya” psixik kasallikka nisbatan ishlatiladi) mumkin, chunki unga yo‘liqqan kishi o‘z bitiklarini tanqidiy baholashdan ojiz bo‘lib qoladi, o‘zgalar fikrini qabul qilmaydi, o‘zini tan olinmagan daho deb biladi, har qanday yo‘l bilan asar yozish va chop ettirishga intiladi.
GROTESK (ital. grotta – yer ostidagi uy) – badiiy adabiyot va san’atdagi obrazlilikning fantastika, kulgi va mubolag’aga asoslangan bir turi, uslub, badiiy usul. G.da reallik va xayolot, go‘zallik va xunuklik, fojyeaviylik va komiklik kabi bir-biriga zid jihatlar g’alati, ajabtovur bir tarzda birikib ketadi. Badiiy shartlilikning boshqa turlaridan farqli ravishda, G. hamisha namoyishkorona oshkoraligi bilan ajralib turadi. G. asosida yaratilgan badiiy voqelik nyechog’li g’ayritabiiy, mantiqsiz, ajabtovur bo‘lmasin, uning mantiqiy asoslanishi talab qilinmaydi, zero, unda real voqelik emas, ijodkor tasavvuridagi voqelik aks etadi. G. terminining paydo bo‘lish tarixi ham qiziq: shogirdlari bilan Rimdagi qazishmalarda ishtirok etgan mashhur rassom Rafael yer osti binolarida turfa byezaklar, odamlar, jonivoru o‘simliklarning g’ayritabiiy suratlari solingan topilmalarga duch keladi. SHu topilmalardagi o‘ziga xos tasvir uslubi keyinchalik G. terminiga asos bo‘ldi. G. obrazlilikning juda ko‘hna turi, arxaik davrlardagi turli g’ayritabiiy maxluqlar (sfinkslar, kyentavrlar, ximyeralar va b.) tasviri uning ilk namunalaridir. Biroq qadim ajdodlar uchun G. badiiy shartlilik (usul, uslub yoki obrazlilik turi) bo‘lmagan, ular bu narsalarni haqiqatda mavjud deb bilishgan. Ko‘proq mifologiya ta’sirida G.dan antik ijodkorlar asarlaridayoq badiiy usul sifatida foydalanila boshlangan, biroq uning adabiyot va san’at arsenalidagi muhim vositalardan biriga aylanishi o‘rta asrlarga kelib amalga oshdi. Endi G. realistik unsurlar bilan uyg’unlashib, voqelikni idrok qilish, unga munosabatni ifodalashning byeqiyos vositasiga aylandi. Uyg’onish davriga kelib karnaval madaniyatiga xos G. adabiyotda ham o‘z aksini topdi, xuddi karnavaldagi kabi G. kulgisi bir paytning o‘zida ham inkor, ham tasdiqdir. Xuddi shu jihatlari bilan F.Rablyening “Gargantyua va Pantagryuel” asari “grotyesk realizmi”ning mumtoz namunasi bo‘lib qoldi. G. imkoniyatlaridan J.Svift, V.Gyugo, Gofman, N.V.Gogol, Saltikov-SHchyedrin, M.Bulgakov, F.Kafka singari yirik so‘z san’atkorlari unumli foydalanganlar. O‘zbek adabiyotidagi G.ning yaxshi namunalarini O.Muxtor (“Ming bir qiyofa”), X.Do‘stmuhammad (“Bozor”) asarlarida ko‘rish mumkin.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin