O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə29/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

GIPERBOLA (yun. hiperbole – o‘ta kattalashtirish, bo‘rttirish) – tasvirlanayotgan narsa yoki hodisaning u yoki bu jihatini o‘ta bo‘rttirish, kattalashtirish asosiga qurilgan badiiy usul, stilistik figura; ko‘proq xalq og’zaki ijodi, romantizm she’riyati, satirik asarlarga xos (q. mubolag’a).
GONGORIZM – ispan shoiri L.dye Gongora-i-Argotye (1561 – 1627) nomi bilan bog’liq holda ispan va portugal tillaridagi adabiyotlarda yuzaga kelgan barokko doirasidagi oqim (q. barokko).
GOTIK ROMAN – XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmida Yevropa va Amyerika adabiyotlarida ommalashgan tematik jihatdan farqlanuvchi roman turi. G.r.lar g’ayrioddiy, dahshat va sirlarga to‘liq voqealarni qalamga olishi bilan xaraktyerlanadi. Mutaxassislar G.r. ma’rifatchilik romanlariga xos rasionalizmning ziddi o‘laroq maydonga chiqqani, badiiy adabiyot taraqqiyotida romantizmoldi hodisasi sifatida voqe bo‘lgani hamda Yevropa va Amyerika adabiyotlarida romantizmning qaror topishiga syezilarli ta’sir qilganini ta’kidlaydilar. G.r.ning asoschilari va yirik namoyandalari sifatida ingliz adiblari X.Uolpol, A.Radklif, M.Lyuis, fransuz adibi J.Kazotlar e’tirof etiladi.
GRADASIYA (lot. gradatio – izchil kuchaymoq) – mazmunni izchil kuchaytirib borishga asoslangan stilistik figura. G.ning ikki xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, birinchisi nutqiy birliklarni ma’nosiga ko‘ra belgi-xususiyat (holat, harakat va b.)ni kuchaytirish (klimaks), ikkinchisi esa susaytirish (antiklimaks) tartibida ketma-ket keltirish orqali voqe bo‘ladi. Mas., Iqbol Mirzo she’ridan olingan quyidagi parchada ma’noning kuchaytirilgan takrori kuzatiladi:

Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni,
toshbo‘ron qilsalar,
vayron qilsalar,
tikonlar qoplasa yo‘llarimizni...

Bunda ma’no “toshbo‘ron – vayrona – tikonzor” tarzida kuchaytiriladi: toshbo‘ron vayronalikka olib keladi, tikanzorga aylanish esa vayronalikning yuqori darajasi. Bu o‘rinda G. lirik qahramon kyechinmalari dinamikasini ifodalaydi, tuyg’uni kuchaytirib, kyechinmani chuqurlashtirib boradi. Aksincha, E.SHukur quyidagi she’rda xuddi shu samaraga belgi-xususiyatni susaytirib boruvchi nutqiy birliklarni takrorlash orqali erishadi:

Jahonga sig’masak, uyga sig’masak,
Qayoqqa ketarmiz, ey dil, qayoqqa?
Na-da gul bo‘loldik, na o‘t, na kesak
Qayoqqa ketarmiz, ey dil, qayoqqa?


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin