O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə38/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

INTIM LIRIKA (lot. Intimus so‘zidan fr. intime – ichki, o‘ta shaxsiy) – lirikaning tematik jihatdan tasniflash asosida ajratiluvchi bir turi, lirik qahramonning ishqiy kyechinmalari tasvirlangan lirik asarlar. Muhabbat qadimdanoq she’riyatning diqqat markazida turgan va hanuz intyensiv ishlanib kelayotgan “mangu mavzu”laridan biri sanaladi. Ijtimoiy-siyosiy lirika har jihatdan rag’batlantirilgan sho‘ro davrida I.l.ga myensimasdan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lmagan hodisa sifatida past nazar bilan qaralgan. Holbuki, ijtimoiy hodisa bo‘lmish insonning qalbi muhabbat tufayli tozaradi, muhabbat uni ma’nan yuksaltiradi: muhabbat ko‘targan yuksaklikdan turib toza qalb bilan boqqanda, olamning go‘zalligi ham, hikmatlari ham yaqqol ko‘rinadi; yorga muhabbat bilangina limmo-lim to‘lgan dek ko‘ringan qalb olamni to‘lasicha qamrashga qodir. SHu bois jahon adabiyoti I.l.ning go‘zal va betakror namunalarini bera olganki, ular insoniyatning byebaho ma’naviy mulkiga aylangan. Jumladan, Hofiz va Navoiy, Pyetrarka va SHyekspir, Pushkin va A.Blok, CHo‘lpon va Mirtyemir kabi ko‘plab shoirlar yaratgan I.l. namunalari hanuz syevib o‘qiladi, yuksak qadrlanadi, zero, ular muhabbatning o‘zi kabi boqiydir.
KLASSISIZM (lot. classicus – namunali, mumtoz) – XVII asrdan XIX asr boshlariga qadar Yevropa san’atida kuzatilgan estetik hodisa, shu davr adabiy jarayonida yetakchi mavqye tutgan adabiy yo‘nalish. Mutaxassislar K.ning paydo bo‘lishini 1515 yil – italyan yozuvchisi Trissinoning «Sofonisba» tragyediyasi yaratilishidan boshlab belgilashadi. Trissino bu asarini antik tragyediya namunalariga tayangan holda, sujet voqealarini antik Rim tarixchisi Tit Liviy asarlaridan olib, Arastu “Poetika”sida qo‘yilgan talablarga rioya qilgan holda yaratgan edi. Xuddi shu narsa, antik adabiyotni etalon deb bilish, undagi obrazlar va poetik shakllardan foydalanib va antik davrda ishlab chiqilgan qoidalarga amal qilgan holda ijod qilish talabi K.ning asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. K.ning nazariy asoslari Uyg’onish davrining oxirlarida, xususan, L.Kastyelvyetro, YU.S.Skaligyerlarning poetikaga oid risolalarida paydo bo‘la boshlagan edi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin