O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə4/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Boynazar YOʻLDOSHYeV
Sharq yulduzi”, 2012–5


2-Mavzu: Adabiy tanqidning o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:

  1. Adabiy tanqid ilmiy estetik hodisa sifatida

  2. Sharqda tanqid fani haqidagi nazariy qarashlar

  3. Adabiy tanqidiy asarlarda matn bilan ishlash usullari

  4. O‘zbek adabiy tanqid fani genezisi



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



    1. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи (X-X1X асрлар). T.: Ўзбекистон, 1993.

    2. Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012

    3. Расулов А. Танқид, тадқин, баҳолаш. T.: Фан, 2006

    4. Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т. TURON-IQBOL. 2011

    5. Йўлдошев Қ. Бадиий таҳлил асослари. Т. Камалак. 2016.



Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
Adabiy tanqid fani ham san’atshunoslik fanlari kabi ilmiy-estetik hodisa hisoblanadi. Sharq adabiyotshunosligida tanqid haqidagi nazariy qarashlar borasida ma’lumot beriladi/ Adabiy-tanqidiy asarlarda poetika, semioteka, matn masalasiga e’tibor qaratilayotganligi. Poetic matnni baholash usullari. Hozirgi o‘zbek tanqidchiligining davrlari. Sotsiologizm, metod, tahlil, yondashuv yo‘nalishlari haqida ma’lumot beriladi. XXI asr tanqidchiligida sinergitika, globallashuv, milliylik singari masalalarga e’tibor qaratiladi.
Adabiy tanqidning adabiy-tarixiy jarayondagi o‘rni. Adabiy tanqid hayotning badiiy o‘zlashtirilish jarayonini o‘rganuvchi va shu jarayonga faol ishtirok etuvchi, undagi oqimlarga ta’sir ko‘rsatuvchi ilm o‘ziga xos ijod turidir. Bu esa uning xos talablari, xususiyatlari qonuniyatlari hamda ma’naviyatga, badiiyatga, hayotga ta’sir etuvchi kuchi oorlig‘idan dalolat beradi. Adabiy tankid mohiyatidagi ana shu xosliklarni aniqlamay turib, badiiy asar haqida chuqur ilmiy-estetik fikr yuritish mumkin emas.
Adabiy jarayonda tankidning roli haqida V.Belinskiyning quyidagi fikri e’tiborga molik: "Adabiyot va san’at tanqid bilan qo‘l ushlashib boradi va oir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi". Darhaqiqat, biron bir xalq va muayyan bir davrning adabiy-tarixiy jarayonini, adabiy tanqidning ishtirokisiz tasavvur etish mumkin emas. Hatto adabiy tanqidda yangi fikrlar aytish, yangi xulosalar chiqarish uchun unga aslida badiiy asarlar asos bo‘lsa-da, ba’zi xalqlarda ayrim tarixiy davrlarda adabiy tankidning yutuqlari adabiyot va san’atning yutuqlaridan ham salmoklirok bo‘lib, umumiy jarayondan bir qadar ilgarilagan va hatto adabiyot va san’atning yangi-yangi yutuqlari uchun nazariy zamin hozirlashga xizmat kilgan. Masalan, V.G.Belinskiy "Tanqid haqida nutk" makolasida aytgandek, XVIII-X1X asr nemis adabiyotida tanqidiy fikrning rivoji ko‘p jihatdan badiiy adabiyot va san’atning tarakkiyot yo‘llarini avvaldan tayyorlab bergan Turgenovning haqqoniy etiroficha, XIX asr rus adabiyoti taraqqiyotida tankidchi V.G.Belinskiyning ayricha o‘rni bor va u shu adabiyotning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari qatorida katta rol o‘ynaydi.
“Ijtimoiy hayot va adabiy jarayonning shakllanishida adabiy tanqidning tutadigan mavqei - uning grajdanlik pozitsiyasi barqaror xususiyatlaridan hisoblanadi. Tankid muhokamalari, xulosalari ijgimoiy ongga, adabiy taraqqiyotga muayyan shaklda, muayyan yo‘nalishda hamisha ta’sir o‘tkazadi. Bunga eng qadimgi va eng yangi tarixdan o‘tmishdan va bugundan istagancha misollar keltirish mumkin. Basharti tarixda bir kator badiiy yodgorliklar tankid tufayli abadiy yashab koldi desak, mubolaga bo‘lmaydi". Aytaylik, Alisher Navoiyning "Majolisun nafois" asarida zamonasining shoirlari, ustozlari-yu va izdoshlari to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, ularning ijodiy o‘ziga xosliklariga alohida to‘xtaladi, ayrim asarlardagi muayyan badiiy nuqsonlar xususida tanqidiy mulohazalarini aytadi, ayni vaqtda mualliflar hayoti va ijodining muhim nuqtalarini yoritadi. Shu bois "Majolisun nafois" o‘z davrida ham, bugun ham ahamiyatini yo‘qotmay kelayotir. Yaratilganiga besh asr bo‘lgan bu asar o‘zbek mumtoz adabiyotining u yoki bu davrini tadqiq etish, o‘rganishda hamon nodir manba sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Yana bir misol: Hamzaning bizgacha yetib kelmagan “Qaxramon O‘g‘uz” dramasi haqida 1922 yilda "Qizil bayroq" gazetasida paydo bo‘lgan qisqagina taqriz orqaligina ma’lumotga egamiz. Yoki o‘z vaktida O. Sharafiddinovning Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush dramasi haqidagi maqolasi mafkura zug‘umiga qaramay, adolat prinsipining qaror topa borishida katta ta’sir ko‘rsatdi. Vaqtida aytilgan bitta salmoqli fikr ayrim hajmdor kitoblarga qaraganda ko‘proq naf keltirishi isbotlangan. Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Ayniy, Hamza, H.Olimjon ijodiga bildirilgan ayrim siyosiy aybnomalarga qaramay, o‘tgan asrning 20-30-yillarida Vadud Mahmud, Otajon Hoshim, Olim Sharafiddinov, Oybek, H.Yoqubov, M.Shayxzoda kabi tankidchilar tomonidan "o‘z vaktida aytilgan so‘zlar” tufayli ularnnng adabiyotimiz tarixidagi o‘rinlarini belgilashda muxim rol o‘ynadi. Ayrim hollarda mafkurabozlikka berilib, adabiyot ravnaqiga va adiblar qismatiga, hatto mudhish ta’sir o‘tkazib bo‘lsa-da, yuqoridagi misollar asosidagi tanqidning bu ijobiy roli adabiyot tarixining har bir bosqichiga oid talay misollar bilan kayta-kayta tasdiq etilishi mumkin. _
Adabiy tanqid san’atkor mahoratining takomillashuviga, kitobxon estetik didining kamol topishiga ko‘maklashadi, U estetika an’analarini rivojlantirish bilan birga g‘oyaviy-badiiy jihatdai beriladigan baho va mezonlarning ham teranlashuviga o‘z ta’sirini o‘tkarmog‘i joiz.
Adabiy tankid ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Shu sababli tanqid tarixini o‘rganish fakat tarixiy-ma’rifiy jihatdan emas, balki ijtimoiy-estetik jihatdan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi: adabiy-badiiy tanqid tarixi saboqlari san’at va adabiyotning bugungi hamda ertangi taraqqiyoti, yo‘llari va vazifalarini tayinlashga yordam beradi. Adabiy-badiiy tanqidchilik oldida estetika an’analarini rivojlantirish vazifalari turadi. Demak tankid: 1) ijtimoiy hayotda ham: 2) ijodkor faoliyatida ham: 3) kitobxon estetik kechinmalarida ham o‘z o‘rniga ega. U: a) ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalarni; b) ijodkor dunyoqarashi, va mahoratini v) kitobxonning estetik talab va badiiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda san’atning o‘z-o‘zini, anglash shakli sifatida ko‘rinadi, muayyan davr, xalq va millat estetik tafakkurining umumiy va ichki rivojlanish qonuniyatlarini oydinlashtiradi. Zero, Belinskiy ta’kidlaganidek, "adabiyotning vazifasi tanqidning vazifasidir "Hukm qiluvchi tanqid bilan, hukm qilinuvchi adabiyotning mazmuni birdir".

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin