O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə44/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108
Yana ichimga magar ishq soldi o‘tki,/ chiqar
Shararlari qotilib oh ila fig‘onimga.
G‘S, 420-bet.
Charxi soyir go‘yiyo oshiqdururkim,/ kechalar
Bor aning ham men kibi ko‘p ashkiyu oz uyqusi.
G‘S, 457-bet.
2. Sintaktik ko‘chuv birinchi misradagi hashvdan oldin, ya’ni sadr ruknidan keyingi o‘ringa to‘g‘ri keladi. Bunday ko‘chuv turida ba’zan birinchi hashvning bir hijosi yoki sadrning bir hijosi vazn nuqtai nazaridan ko‘chuv hodisasiga halal bergandek holatda bo‘ladi, ammo fikriy ko‘chuv nuqtai nazaridan bu narsa e’tiborga olinmaydi. Misollar:
May ichingkim, // dahr eli ichra ko‘p istab topmaduq
Ahxdu paymonida bo‘lg‘on ustivor, ey do‘stlar.
BV, 106-bet.
Sham’ hamdardimdurur hijron tunikim, // men kibi
Hajr o‘tida qovrulur ul dog‘i o‘z yog‘i bila.
G‘S, 428-bet.
3. Sintaktik ko‘chuv ikkinchi nisradagi birinchi hashvning birinchi hijosidan keyingi o‘ringa to‘g‘ri keladi. Misollar:
Rishtayi zulfi xayolidin havo qilg‘an ko‘ngil
Bir qushedurkim, // qochibdur go‘yiyo bog‘i bila.
G‘S, 427-bet.
Hajr shomi tiyralik birla meni devonani
Chun halok etti, // yana boshinda savdosi nedur.
BV, 115-bet.
4. Sintaktik ko‘chuv birinchi misradagi birinchi va ikinchi hashvlar o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Biroq bu xildagi ko‘chuv nihoyatda kam uchraydi. Misol:
Xo‘blarg‘a chun vafo yo‘q, // avlo uldurkim, ko‘ngil
O‘zni ul qattig‘ ko‘ngulluglarga mu’tod etmasa.
G‘S, 437-bet.
5. Sintaktik ko‘chuv ba’zan birinchi misradagi ikkinchi hashvning birinchi hijosidan keyingi o‘ringa to‘g‘ri keladi. Misol:
Kechalar hajringda bexudmen, // mening holimg‘adur
Sham’ning goh kuymagi, goh nolasi, goh riqqati.
G‘S, 456-bet.
Navoiy g‘azallari sintaktik ko‘chuvi nuqtai nazaridan kuzatishlar olib borish ushbu hodisaning yuqorida qayd etilmagan, xususan, ikkinchi misradagi ikkinchi hashvdan keyingi, ya’ni ajuz (zarb) ruknidan oldingi o‘rinlarga to‘g‘ri keluvchi ko‘rinishlarining ham topilishiga olib kelishi mumkin.
Poetik ko‘chuv hodisasi shunchaki ko‘chuv hodisasi emas, u – baytdagi poetik mazmunni to‘g‘ri, mantiqiy ifodalashning muhim vositasi. Shoir g‘azallaridagi anjambeman hodisasi bo‘yicha kuzatishlarimiz shundan dalolat beradiki, Alisher Navoiy kabi sabab-oqibat, ya’ni kauzal munosabatdagi bog‘lanishli she’riy baytlar tuzuvchi ijodkor o‘zbek adabiyotida juda kam topiladi.
Ushbu sintaktik hodisa, ko‘pincha, baytda aytilgan poetik oqibatning sabablarini yoki sababning oqibatlarini izohlashga, binobarin, baytda ifodalangan poetik fikrni to‘g‘ri anglab olishga imkon beradi. Quyidagi baytda sintaktik ko‘chuv birinchi misradagi ikkinchi hashvning o‘rtasiga, ya’ni “kun” so‘zidan keyingi o‘ringa tushgan.
Aylamang bekasligimni ta’n, bir kun // bor edi
Menda ham bir nozanin chobuksuvor, ey do‘stlar.
BV, 106-bet.
Agar g‘azalni o‘qishda ikinchi hashvdagi “bir kun” birikmasini o‘zidan oldingi hashvlarga qo‘shib o‘qilsa – bir mazmun, aruzga qo‘shib o‘qilsa – boshqacha mazmun anglashiladi.
Agar “bir kun” birikmasi sadr va undan keyingi ruknlar bilan bog‘liqlikda olib qaralsa, quyidagicha ma’no yuzaga keladi. “Ey do‘stlar, mening hech kimim yo‘qligini bir kuni ta’na qilmang, menda ham bir kun (bir paytlar) o‘ynoqi ot mingan nozanin ot bor edi”.
Yuzaki qaralsa, baytdagi poetik ko‘chuv arzimas juz’iy hodisadek tuyuladi. Lekin birinchi misradagi aruz ruknining ikkinchi misraga ko‘chishi bayt mazmunini boshqacha, birinchi misradagi ikkinchi hashvning bir qismi bilan aruz ruknining ikkinchi misraga ko‘chishi esa bayt mazmunining butunlay boshqacha talqin etilishiga olib kelmoqda. Anjambeman hodisasining ikki xil holatidan qaysi biri g‘azal mazmuniga, lirik kechinma oqimiga, eng muhimi, shoir ko‘zlagan badiiy mantiqqa mos keladi.
Bizningcha, birinchi holat, ya’ni birinchi misradagi faqat aruz ruknining ikkinchi misraga ko‘chishi g‘azal ruhiga, lirik kechinmalar oqimiga, shoir ko‘zlagan badiiy mantiqqa mos keladi. Bunday xulosaga kelishimizga esa quyidagicha asoslarimiz bor.
Birinchidan, lirik qahramon “yorga, mahbubaga yoki raqibga” emas, balki “do‘stlarga” murojaat etmoqda. Milliy ruh, milliy xarakterdan, turki xalqlar mentalitetidan kelib chiqilsa, “do‘stlar” har kuni eas, faqat bir kun – payti, vaziyati taqozo etgandagina lirik qahramonning yorsizligini ta’na qilishlari mumkin. Darhaqiqat, lirik qahramon do‘stlarining bir kun payti kelganda ta’na qilishlaridan hadiksiraydi. Agar u mahbuba yoki raqibga murojaat qilganda edi, ikkinchi hashvdagi “bir kun” birikmasi ham ikkinchi misraga ko‘chishi to‘g‘riroq bo‘lar edi. Mana shunday noto‘g‘ri qarash, aniqrog‘i, anjambeman hodisasini to‘g‘ri bilmaslik oqibatida Navoiy asarlarining 20 tomligida “ta’n” so‘zidan keyin vergul qo‘yilgan. Holbuki, bu o‘rinda vergulning mutlaqo keragi yo‘q.
Ikkinchidan, mumtoz g‘azalchilik an’anasida she’rning ritmik tuzilishi va misralarning taqte’lanishi bevosita vaznning izchil qoidalariga bo‘ysunadi. Shunday ekan yuqorida keltirilgan baytda, ikkinchi hashv bilan aruz rukni chegarasi so‘zlar chegarasiga mos kelgan. Demak, ikkinchi misraga sintaktik ko‘chishda aruz rukni uchun imkoniyat katta. Qolaversa, baytning umumiy mazmuni ham, ruhi ham aruz ruknining ko‘chishini talab qiladi.
Uchinchidan, Navoiy g‘azalllaridagi sintaktik ko‘chuv hodisasini ko‘zdan kechirish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat baytlardagi anjambeman hodisasi faqat aruz ruknining ko‘chishiga to‘g‘ri kelishini tasdiqlaydi. Navoiy g‘azaliyotida alohida usul darajasida ko‘tarilgan sintaktik ko‘chuvning bu ko‘rinishi keng tarqalganligini inobatga olib, boshqacha aytganda, analogiya qonuniyatlaridan kelib chiqib, biz aruz ruknining kelib ko‘chishini to‘g‘ri deb hisoblaymiz.
Fikrimizning to‘g‘riligini ayni shu g‘azalning navbatdagi baytida qo‘llanilgan sintaktik ko‘chuv o‘rni ham to‘la tasdiqlaydi.
Yorsiz vayronda qon yig‘larmen oxir, // siz qiling
Yor birla gashti bog‘u lolazor, ey do‘stlar.
Mazkur baytdagi aruz rukni “siz qiling” hech qanday ehtimolsiz ikkinchi misraga taalluqli. Chunki baytning umumiy mazmuni shuni taqozo etadi: “Men oxiri bir vayronada qon yig‘layman, ana shunda yor bilan bog‘ va lolazorlar gashtini suring, ey do‘stlar”.
Demak, Navoiy g‘azallaridagi sintaktik ko‘chuvlar va ularning bayt mazmunini to‘g‘ri talqin qilishda ba’zan ijodkor poetik uslubiga tayanish va analogiya qonuniyatiga asoslanish ham yordam beradi.
G‘azal baytlaridagi anjambeman hodisasi misralararo sabab-oqibat munosabatlarini to‘g‘ri anglab olish va shu orqali baytning umumiy mazmunini ijodkor nazarda tutgan g‘oya asosida talqin qilishga imkon beradi. Sintaktik ko‘chuv ko‘p hollarda muayyan oqibatning ko‘plab sabablari mavjudligini alohida ta’kidlab ko‘rsatishga keng yo‘l ochadi. Quyidagi baytda lirik qahramon chiqargan poetik xulosaning sabablari bir nechta ekanligi faqat anjambeman hodisasi vositasida ta’sirchan ifodalangan. Biroq bu baytda g‘azalning vazn tuzilishi, taqte’si bilan sintaktik ko‘chuv chegarasi mos kelmaydi. Chunki ko‘chuv hodisasi ikkinchi hashvning oxirgi hijosi hisoblangan “bor”dan oldingi o‘ringa to‘g‘ri keladi:
Xilqatim bog‘ida ul gul hayfkim, // bordur manga
Zor tan, majruh jon, mahzun ko‘ngul, g‘amnok ruh.
BV, 83-bet.
Xulosa qilib aytganda, sintaktik ko‘chuv hodisasi bayt mazmunini, g‘azal mohiyatini to‘g‘ri anglashga imkon beruvchi poetik nutq hodisasidir. Poetik ko‘chuv g‘azaldagi monotonlikka barham beradi, she’riy nutqni jonli nutqqa yaqinlashtiradi, eng muhimi, poetik fikrni aniq, mantiqli ifodalashga yo‘l ochadi.
Shu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlab o‘tishni lozim topamiz. Ayrim adabiyotshunos va tanqidchilar lirika subyektivlik saltanati, shu bois bir she’rni har bir she’rxon o‘zicha talqin etishi mumkin deb qaraydilar. To‘g‘ri, lirika – subyektivlik salatanati, ammo bu narsa she’rxonga har bir asarni istagancha subyektiv talqin etishga xuquq bermaydi. Haqiqiy she’rxon asardan shoir ko‘zlagan, lirik qahramon ruhiga mos keluvchi ma’no va mazmunni topib olishi lozim. Lirikaning butun jozibasi, nazokati, subyektivligi ana shunda. Poetik tashxisning bunday murakkab jarayonida she’rga singdirilgan nafaqat hissiy, fikriy boylik, balki ana shu boylikni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladigan poetik sintaksis ham belgilovchi ahamiyatga ega. Poetik sintaksisning eng murakkab, eng jozibali figuralari, usul va vositalari Alisher Navoiy g‘azaliyotida mujasssamlangan. Ularni izlab topish, ilmiy asosda tahlil etish, ya’ni Navoiyning potik sintaksisi muammolarini tadqiq etish endi boshlanajak.
Manba: “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali,2001 yil, 2-son.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin