O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə47/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108
Ulugʻbek Hamdam
Ulug‘bek Hamdam (Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich) 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan.
1988-1993 yillarda ToshDU ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93 yillarda esa davlatimiz tashabbusi bilan o‘qishga yuborilgan talabalar safida Turkiyaning Ko‘nyo shahrida taxsilni davom ettirgan. 1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996 yillarda Hozirgi Milliy Universitet o‘zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini o‘qigan.
1997 yilda "30-yillar o‘zbek she’riyatida "sof lirika" muammosi" (Oybek she’rlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy rahbari - filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. Hozirda "XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ilmiy maslahatchi - filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov. 1997-2009 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy xodim. 2009- yildan beri "Sharq yulduzi" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. 
«Tangriga eltguvchi isyon» (2002), «Atirgul» (2006), «Seni kutdim» (2007) she’riy hamda «Yolg‘izlik» (2000), «Muvozanat» (2003), «Isyon va itoat» (2004), «Sabo va Samandar», «Uzoqdagi Dilnura» (2010) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar to‘plami ham bor («Badiiy tafakkur tadriji», 2003; «Yangilanish ehtiyoji», 2007).
U. Hamdam J. Rumiyning "Ichindagi ichindadir" (2001) va professor U. Turonning "Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi" nomli asarlarini turk tilidan o‘girgan.
HAMZA – YANGI O‘ZBЕK ADABIYOTI
ASOSCHILARIDAN BIRIMI?
Ulug‘bek Hamdam

Yangi adabiyot asoschilaridan biri bo‘lish uchun ijodkorga iste’dodli bo‘lib tug‘ilishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun u ijodkor sifatida omadli ham bo‘lishi shart. Ya’ni uning iste’dodi bilan davr ehtiyojlari bir-biriga muvofiq tushmog‘i kerak. Xuddi Dante, Navoiy, Pushkin zimmasiga tushgan omadli qismat yanglig‘. Shu ma’noda Hamza tole’i kulgan ijodkor. U Behbudiy, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lpon bilan birga yangi o‘zbek adabiyoti tamal toshini qo‘yganlardan biridir. Nomlari zikr etilgan ulug‘larimiz butun bir millat oldiga davr yuklagan ulkan, kechiktirilmas muammolarni, avvalo, to‘g‘ri idrok etganlar, so‘ngra asosiylarini muvaffaqiyatli hal etganlar. Shunisi bilan ularning barchasi ijodkor sifatida juda ham omadlidirlar.
O‘zbek adabiyoti keyingi 500 yil mobaynida chinakamiga ikki tub burilishni boshidan kechirdi. Birinchisi, Navoiy va Bobur davri o‘zbek (turkiy) adabiyot bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi, hech shubhasiz, jadidlar davri adabiyoti bilan bog‘liq burilishdir. Ehtimol, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lponlarga nasib qilgan iste’dod kuchi Navoiy va Boburning dahosi bilan bo‘ylasha olmas, lekin ularning madaniyat, ma’naviyat, adabiyot, san’at va ilm sohasida amalga oshirgan ishlari buyuk salaflar xizmatidan aslo kam emas. Zero, jadid bobolarimiz o‘z zimmalariga davr yuklagan missiyani juda yuksak darajada ado etganlar. Behbudiy asosan mafkurada, Hamza dramada, Fitrat ilmda, Qodiriy nasrda, Cho‘lpon esa she’riyatda ana shu ulug‘ vazifani bekamu ko‘st bajarganlar.
Akademik Naim Karimov yozadi: “XX asr boshlarida tug‘ilgan va shakllangan jadid adabiyoti o‘z oldiga yangi adabiy badiiy vazifa qo‘ydi va vazifani o‘tash jarayonida shu vaqtga qadar adabiyotimiz xazinasida bo‘lmagan yangi adabiy tur va janrlar, tasvir vositalari va usullarining yuzaga kelishini taqozo etdi”. Binobarin, bugungi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti aynan keyingi yangilanish yo‘lidan, jadidlar boshlab bergan qutlug‘ yo‘ldan rivojlanib borayotganligining o‘ziyoq adabiyotimizda yuz bergan so‘nggi tub burilishning naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. XX va XXI asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy o‘zgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir bo‘ldi va bo‘lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chunki tub burilish bo‘lishi uchun istakning va hatto iste’dodning o‘zi yetmaydi. Buning uchun davrning qo‘ynida yangilanish ehtiyoji paydo bo‘lishi kerak. Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lponlar ana shunday ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keldilar. Garchand ularning shaxsiy qismatlari fojiali yakun topgan esa-da, (birontasi o‘z ajali bilan o‘lmagan, aksincha, yangi o‘zbek adabiyoti yo‘lboshlovchilarining hammasi ayni ijodlari gullagan vaqtda qatag‘on qilingan!) nomlari zikr etilgan ulug‘lar ijodkor sifatida chindan-da baxtlidirlar.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin