O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə49/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108
Hamza she’riyati. Jadidlar she’riyatining yalovbardori Cho‘lpon esada, Hamzaning tarjimai holi aynan she’riyatida ko‘proq namoyon bo‘lgan, deyish mumkin. Chunki she’r – mobil janr. Unda shoir imkon topdi deguncha qisqa vaqt ichida o‘z his-tuyg‘ularidan tortib, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’rifiy g‘oyalarini birin-sirin qozozga tushirib qo‘yavergan. Chop-choplarning orasida aksar hollarda she’rlarni qayta ishlash imkoni bo‘lmaganidan mazmun va shakl mutanosibligi jihatidan qiyomiga yetmagan mashqlar ko‘plab uchraydi. Qat’i nazar, Hamza she’rlari uning bosib o‘tgan yo‘llaridan guvohlik berib turadi.
XX yuz yillik ibtidosida millatning tafakkur gullari ma’rifatsizlikni yurtning eng og‘riq nuqtalaridan biri deb bildilar. Shuning uchun ham ular iste’dodlarini elni o‘qimishli qilishga bag‘ishladilar, bu yo‘lda vaqtlari, kuchlari, mablag‘lari va hatto jonlarini ham ayamadilar. Ular xalqning ma’rifatli bo‘lishini yurt ravnaqi va millat taraqqiysining asosi, deb bildilar. Oqibat – adabiyotda ma’rifatli kishi obrazi paydo bo‘ldi. Avloniy, So‘fizoda, Ibrat, Hamza, Fitrat, Cho‘lpon kabi qator shoirlarning ijodida shu g‘oya qayta-qayta ishlandi.
Uzun gapning qisqasi shuki, XX asr tongotarida Behbudiy, Fitrat, Hamza, Qodiriy va Cho‘lpon tomonidan mafkura, ilm va adabiyot sohasida amalga oshirilgan ishlarning ahamiyati yuz yillarga emas, balki ming yillarga tatiydi. Chunki bugungi adabiyotimiz, teatrimiz va bu sohalar ilmi aynan ular asos solgan yo‘ldan rivojlanib bormoqda. Ularning hurmatini joyiga qo‘yish, XX va XXI adabiyotiyu, teatrining sarchashmasi aynan yuqorida nomlari zikr etilgan bobolarimizning ijodlari ekanligini hamisha yodda tutishimiz siz bilan bizning ulug‘ bobolarimizga nechog‘li munosib voris bo‘lganimizni bildiradi. Shu ma’noda, adiblar xiyobonida Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy kabi ulug‘lardan so‘ng aynan Behbudiy, Fitrat, Hamza, Qodiriy va Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning haykallari qad rostlasa, bir tomoni, tarixiy haqiqat tiklanib, zamonaviy adabiyot va mumtoz adabiyot o‘rtasiga ko‘prik tashlagan,boshqa tomoni, hozirda bog‘ni bezab turgan XX asrning zabardast ijodkorlari o‘z oldilariga kelib qo‘shilgan ustozlarining davrasida qadlarini yanada adl tutgan bo‘lur edi.

Uzoq Joʻraqulov
1967 yilda Kasbi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1998 yilda oʻzbek filologiyasi fakulteti “Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti” kafedrasida ilmiy xodim lavozimida faoliyat boshlagan. Hozirda OʻzMUdan ajralmagan holda, OʻzRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Adabiyot nazariyasi” boʻlimida katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi. “Fitratning tadqiqotchilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Yuzini yoʻqotgan odam” nomli kitoblari chop etilgan.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin