O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə48/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108
Hamza – serqirra ijodkor. Umuman, serqirralik jadid ijodkorlarining aksariga xos. Hamza – ulug‘ dramaturg, Hamza – an’ana va novatorlikni birlashtirgan shoir, Hamza – boshlovchi nosir, Hamza – o‘tkir publitsist, Hamza – mohir pedagog, Hamza – milliy kompozitor, Hamza – otashin notiq, Hamza – rejissyor, Hamza – teatr arbobi… Bulardan tashqari, xalqimizning bu fidoyi o‘g‘loni yurtning kelajagi – ma’rifat, maorif, adabiyot, ta’lim-tarbiya yo‘lida amalga oshirgan ishlarining salmog‘i juda og‘ir tosh bosadi. Bu qutlug‘ yo‘lda Hamza molini ham, jonini ham ayamagan. Bu gaplar shunchaki chiroyli gaplar emas. Hamza va u kabi o‘nlab ulug‘ jadidlarimizning taqdir yo‘llari chindan-da bugungi zamondosh insonni hayratga solishga qodir. Bu o‘rinda biz Hamza ijodiy faoliyatining to‘rt qirrasiga to‘xtalamiz, xolos. Bular Hamzaning drama, she’riyat, nasr hamda publitsistika sohalaridagi faoliyatidir.
Hamza dramaturgiyasi. XX asr avvalida ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yangilanishlar asrlar davomida Sharq mumtoz adabiyoti an’analari ruhida taraqqiy etib kelayotgan o‘zbek adabiyotida dramatik turni paydo qildi. Dramaning tug‘ilishi o‘zbek adabiyoti uchun xuddi roman janri kabi yangi hodisa edi. Hamza ana shu hodisaning boshida turdi va o‘z dramatik asarlari bilan o‘zbek dramaturgiyasiga asos soldi. Madomiki, so‘z shu masalaga kelib taqalgan ekan, Hamza va uning o‘zbek dramaturgiyasidagi o‘rni masalasida bahsli qarashlar borligini aytish joiz. Xullas, masala qisqa va lo‘nda bayon qilinsa, shunday holga keladi: Mirmuhsin Shermuhamedov (“Befarzand Ochildiboy”, 1914 yil), Hamza (“Yangi saodat yoxud Milliy roman”, 1915) lar roman tajribasiga ilk marta qo‘l urgan bo‘lsa-da, ularning harakatlari bir tajriba, urinish darajasida qolgan edi. Qodiriy esa “bir hamla”da “O‘tkan kunlar” (1924) bilan roman janrining risoladagi talablariga javob beruvchi yirik nasriy asar yaratgan edi. Shuning uchun ham Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisi deyiladi. Yoxud Navoiydan oldin Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiylar turkiy tilda ash’or bitgani bilan bu tildagi ulug‘ xizmatlari tufayli aynan Alisher Navoiyni o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining asoschisi deymiz. Adabiyotshunoslik ilmining mana shu baholash mezonini dramaturgiya sohasiga tadbiq qilingudek bo‘lsa, qarshimizda quyidagicha manzara qad rostlaydi: garchand Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” (1911) nomli 2,5 betlik pyesasi bilan o‘zbek adabiyotida pyesa yozib berishni boshlagan bo‘lsa-da, dramaturgiyaning butun talablariga javob bera oladigan pyesalarni aynan Hamza Hakimzoda Niyoziy (“Zaharli hayot” (1916), “Maysaraning ishi” (1926), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi” (1927)ni yozdi. Bulardan tashqari, “Burung‘i saylovlar”, “Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari”, “Qozining sirlari”, “El quzg‘unlari” kabi 1921 va 1928 yillar orasida yozilgan katta-kichik dramalari mavjud. Bas, shunday ekan, Qodiriy o‘zbek romanchiligi asoschisi degan nomga qanchalik sazovor va haqli bo‘lsa, Hamza ham o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi degan unvonga shunchalar haqdor va munosib bo‘lib ko‘rinadi. Albatta, ushbu masala yuzasidan mavjud faktlarni turli yo‘sinda tahlilu talqin etib, bir-biriga qarama-qarshi xulosalarni o‘rtaga tashlash mumkin. Ammo adabiyot ilmining baholash kriteriyalari hamma uchun bir xil bo‘lishi adolatdan ekanligidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, Qodiriyga ravo ko‘rilgan adolat mezoni Hamzaga kelganda tavrini o‘zgartirmasligi lozim bo‘ladi. Albatta, bu jiddiy masalaning boshqa nozik jihatlari ham bo‘lishi mumkin. Bunday jihatlar istisno qilinmaydi. Shuning uchun ham soha bilimdonlari ushbu bahstalab masala bo‘yicha asosli, ilmiy mushohadalarini qaytadan o‘rtaga tashlashsa, adabiyotshunoslik va dramaturgiya kesishgan nuqtadagi bitta muammoga oydinlik kiritilgan bo‘lardi. Nima bo‘lganda ham, hali dramaturgiyamizning ham amaliy, ham nazariy sahnasida amalga oshirilishi, hal etilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar oldimizda turibdi. Bunga, jumladan, Hamzaning drama sohasidagi o‘ta salmoqdor ijodi ham manba bo‘lib xizmat qiladi.
Hamzaning 1916 va 1920 yillarda yozilgan “Boy ila xizmatchi”, “Loshman fojialari”, “Farg‘ona fojialari” kabi asarlari yo‘qolgan. Faqat “Loshman fojialari”ning “Istibdod qurbonlari” degan qismi hamda “Boy ila xizmatchi” dramasining afishasi saqlanib qolgan. Yaqin-yaqinlargacha teatrlarimizda qo‘yilib kelgan “Boy ila xizmatchi” dramasini esa dramaturg Komil Yashin afishada aks etgan mazmun bo‘yicha qayta tiklagan.
Hamzaning o‘zbek dramaturgiya sohasidagi faoliyatini qisqacha qilib, u o‘z davri xalq hayotini ko‘zguga solib ko‘rsatib berishning uddasidan chiqdi, deyish mumkin. Bu esa, barcha zamonlar ijodkorining muqaddas orzusi hisoblanadi. Shuning uchun ham Hamzaning eng sara dramalari hozirgacha sahna yuzidan tushmay kelmoqda.
Bulardan tashqari, Hamzaning yana “Haqiqat nima?” degan asar yozganligi, lekin qo‘lyozma nashr bo‘lmay yo‘qolgani haqida ma’lumot bor. Chunonchi, “Shoirimiz Hamza Hakimzodaning qisqacha tarjimai holi”da “Haqiqat nima?” degan bir zo‘r asar yozg‘on bo‘lsada, tab’ ettira olmay yo‘qotg‘on” degan ma’lumot keladi. Bu haqda Hamzaning o‘zi “Tarjimoi hol”ida “…eski podsholar turmushidan bir “Haqiqat kimda?” ismli havosiz operalik roman yozg‘an edim, o‘g‘urlatdim, bugunki, topilmaydir” deb yozadi. Chunki zamon g‘oyat alg‘ov-alg‘ovli edi. Hamzanig o‘zi ham goh maktab ochaman deb, goh xalq ma’rifati yo‘lida xizmat qilaman deb, goh teatr tashkil etaman deb doimo safarlarda yurgan, hayotning qaynoq quchog‘ida oqimga qarshi xo‘p suzgan. Binobarin, jadid ijodkorning o‘ziga yarasha do‘st-dushmani ko‘p bo‘lgan. Boz ustiga, “Hindiston, Makka, Madina, Shom, Beyrut bilan sayohat qilib, Stambulg‘a o‘qishg‘a kelgan bo‘lsam ham…” degan e’tiroflaridan Hamzaning bir qancha xorijiy mamlakatlarni kezib kelgani ham ma’lum bo‘ladi. Bunday taloto‘p va sayohatlarning ichida, tarafdor va raqiblarning davrasida o‘sha asarning yo‘qolgani haqidagi ma’lumot kishida shubha uyg‘otmaydi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin