O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə81/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108
MOTIVIROVKA (fr. motiver – asoslash, dalillash) – adabiy asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar, pyersonajlarning xatti-harakatlari, his-tuyg’u va gap-so‘zlarini badiiy asoslash. Adabiyot taraqqiyotining ilk bosqichlarida M.ning zarurati bo‘lmagan, unda muayyan hodisalar, qahramonlar taqdiridagi burilishlar, konkryet hayotiy holat va sh.k.lar ilohiy, g’ayritabiiy kuchlar aralashuvi bilan izohlangan. Realistik tyendyensiyalarning kuchayib borishi bilan adabiyotda M.ning ahamiyati ham ortib borgan. Dunyoni badiiy idrok etish va tushuntirishga intilgan realistik adabiyotda M. hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi: realistik asardagi har bir voqea, pyersonajlar xatti-harakati, his-tuyg’u yoki gap-so‘zlari badiiy asoslanadi, ya’ni o‘zining ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-psixologik va sh.k. omillariga ega bo‘ladi va shu bois ularni mantiqan izohlash mumkin. Mas., CHo‘lpon “Qor qo‘ynida lola” hikoyasida Samandar akaning Eshon sovchilariga “Bir qizimiz bo‘lsa, hazrat eshonimizg’a tutdik...” dyeya javob berishini puxta dalillashga intiladi. Buning uchun avval muallif xaraktyeristikasida “ot chiqarg’on savdogar” Samandar akaning singani va eshonga qo‘l berib, “so‘fi bo‘lib qolg’on”i, ya’ni pyersonaj hayotidagi burilish, omadsizlik unga kuchli ruhiy ta’sir qilgani aytiladi. Keyin “eshonnikida katta va qizg’in zikr bo‘lgan”i, nazr-niyoz berish marosimida Samandar aka o‘zi tushib qolgan ahvoldan nyechog’li ezilgani, shu asno so‘fining “Ha, boy aka, nazrdan darak bormi?” dyeya tagdor mazaxlashidan og’ringan nafs to‘lg’onishlari, alamli o‘ylari tasvirlanadi. Nihoyat, uyiga qaytib, eshondan sovchilar kelganini eshitadi va “Bir qizimiz bo‘lsa, hazrat eshonimizg’a tutdik...” degan qarorini beradi. Mazkur qaror qator omillar asosida yetilgan, yozuvchi ularni ochib beradi, ya’ni sabab-natija aloqalari asosida badiiy asoslaydi va shu tufayli o‘quvchi pyersonaj ayni sharoitda xuddi shunday qarorga kelishiga ishonadi. Bundan ko‘rinadiki, M. asar butunligida amalga oshadi, buni his qilish uchun esa asardagi hyech bir unsurni e’tibordan chyetda qoldirmaslik talab etiladi. Zero, realistik asarda qator kompozision unsurlar, usul va vositalar (dyetallar, muallif xaraktyeristikasi, pyersonajning oldingi tarixi, ryetrospyeksiya va sh.k.) o‘zining byevosita funksiyasi bilan bir qatorda, badiiy dalillashga ham xizmat qilavyeradi. Keyingi davr adabiyotida, xususan, modyernistik yo‘nalishdagi asarlarda M. o‘zining mavqyeini yo‘qotgan. Ularda g’ayrioddiy (q. syurrealizm), sabab-natija tarzidagi ichki aloqaga ega bo‘lmagan voqea va holatlar (mas., absurd adabiyoti), pyersonajlarning doim ham mantiqan izohlab bo‘lmaydigan kutilmagan xatti-harakatlari, tabiiy kyechayotgan tizginsiz o‘y-hislari (q. ong oqimi)ni tasvirlash odatiy hol hisoblanadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin