MUALLIF CHEKINISHLARI, avtor chekinishlari – epik asarlarning matniy unsurlaridan biri, sujet voqealari bayoni (rivoya)ni to‘xtatib, muallifning o‘quvchiga byevosita murojaat qilishi yoki falsafiy, publisistik, lirik, adabiy-tanqidiy va sh.k. masalalarda mushohadaga berilishi. An’anaviy tarzda qo‘llanuvchi lirik chyekinish (q.) termini mazkur tushunchaning bir qisminigina qamrab oladi. YA’ni lirik chyekinishlar ham mohiyatan M.ch.ning bir ko‘rinishidir. Mas., “O‘tgan kunlar”da muallifning “Myen – yozg’uvchi...” dyeya roman voqealarini bobosidan ko‘p bor eshitgani va kundosh mojarolarini zyerikarli bo‘lgani sabab tashlab ketmoqchiligini aytishi, “Navo kuyi” bobida romanda tasvirlangan tarixiy davr (“Xalqimiz ta’biricha, bu zamonlar musulmonobod bo‘lsa-da, biroq bu tantanalik ta’birni buzib qo‘yaturg’an ishlar ham yo‘q emas edi”) haqidagi mulohazalar; “Myehrobdan chayon”da Ra’noga ta’rif berish asnosi ism bilan jism muvofiqligiga to‘xtalib, o‘z yoshligidan bir (Lola ismli qiz bilan bog’liq) voqeaning muxtasar hikoya qilinishi – bularning bari M.ch.dir. M.ch.ning badiiy-estetik funksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, M.ch.ning bir turi bo‘lmish lirik chyekinishlarning birlamchi funksiyasi tasvir pryedmyetiga munosabatni ifodalash, shuning uchun ham ularda hissiy bo‘yoqdorlik, emosionallik kuchli bo‘lib, bu narsa nutq qurilishida ham o‘z aksini topadi.
SILLABO-TONIK She’r TIZIMI (yun. syllabe – bo‘g’in, tonos – urg’u) – she’r misralarida urg’uli va urg’usiz bo‘g’inlarning bir tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslangan she’r tizimi, XX asrga qadar ushbu she’r tizimi “sillabo-myetrik” deb nomlangan. Rus she’riyatida V.Tryediakovskiy va M.Lomonosovlar o‘tkazgan islohotdan so‘ng mazkur she’r tizimi yetakchilik qila boshlagan. Rus sillabo-tonik she’r tizimida byeshta stopa (rukn) bo‘lib, ular: xoryey, yamb, daktil, anapyest va amfibraxiy tarzida antik she’r tizimidan o‘zlashtirilgan terminlar bilan yuritiladi. SHu stopalarning tartibli takrori ritmni hosil qiladi, konkryet she’r o‘lchovi esa uch stopali yamb, to‘rt stopali yamb qabilida nomlanadi.