TRADISIYA (lot. traditio – berib yubormoq, o‘tkazmoq) – qarang: adabiy an’analar
TRILOGIYA (yun. tri – qo‘shma so‘zlar tarkibida uch va logos – so‘z, hikoya, rivoyat) – sujet-kompozision qurilishi jihatidan nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan uchta asarning umumiy pyersonajlarga egaligi, sujet chiziqlarining davomiyligi, muallif niyatining yagonaligi va shulardan kelib chiquvchi yaxlit konsyepsiya tufayli butunlikka birikuvidan tashkil topgan asar. Antik adabiyotda uchta tragyediyadan tarkib topuvchi turkumlar T. deb yuritilgan. Jahon adabiyoti tarixida daramatik asarlarni birlashtiruvchi T.lar ham, epik asarlarni birlashtiruvchi T.lar ham ko‘plab yaratilgan. Jumladan, P.Bomarshye ijodida komyediyalardan (“Syevilyalik sartarosh”, “Figaroning uylanishi”, “Aybdor ona”), L.N.Tolstoy merosida avtobiografik qissalardan (“Bolalik”, “O‘smirlik”, “YOshlik”) tarkib topgan T.lar mavjud. T.ning o‘zbek adabiyotidagi namunasi sifatida S.Ahmadning “Ufq” (“Qirq byesh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq bo‘sag’asida”) asarini ko‘rsatish mumkin.
TUGUN (ruschadan kalka: “zavyazka”) – epik va daramatik asarlardagi voqeaband sujetning muhim unsuri, voqealarning boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar konflikti qo‘yilgan joy. T. sujetning zaruriy elyemyenti sanaladi, ya’ni u sujetda har vaqt hozirdir. Faqat ayrim hollarda, xususan, ba’zi xronikali sujetlarda, shuning dek, “ichki harakat” dinamikasi asosidagi sujetlarda u yetarlicha bo‘rtib ko‘rinmasligi mumkin. T., odatda, asarning boshlanishida, ekspozisiyadan (agar u bo‘lsa) keyinoq beriladi. Muayyan badiiy-estetik maqsadni ko‘zda tutgan holda, T.ning o‘rni o‘zgartirilishi ham mumkin. Mas., “O‘tgan kunlar” romanida Otabyek bilan Kumushning daf’atan uchrashib qolishi – birinchi bo‘lim T.i, biroq bu voqea shu bo‘lim nihoyasida bayon qilinadi. YAna bir jihati, “O‘tgan kunlar”ning uchala bo‘limi ham o‘z T.ga ega: birinchi bo‘limdagi sujet yechimi – Otabyek bilan Kumushning to‘yi ikkinchi bo‘lim voqealariga turtki bergan T. bo‘lsa, ikkinchi bo‘limdagi sujet yechimi – Otabyekning o‘chini olgach Toshkyentga ketib qolishi uchinchi bo‘lim voqealariga turtki beruvchi T.dir. O‘zgacharoq hol “Kyecha va kunduz”da ham kuzatiladi: Akbaralining Zyebiga sovchi qo‘yishi bitta T. bo‘lsa, Miryoqubning Maryamga ishqi tushgani ikkinchi T.ni tashkil qiladi. demak, yirik hajmli asarlar sujetida bir emas, bir nyechta T. bo‘lishi, asarning nisbiy tugallikka ega qismlari yoki har bir mustaqil sujet liniyasi o‘z T.iga ega bo‘lishi mumkin ekan.
FELETON (fr. feuilleton – varaq, sahifa) – badiiy-publisistik janr, dolzarb mavzuda yozilgan tanqidiy ruhdagi, ko‘pincha hajviy-satirik yo‘nalishdagi asar. F. atamasi publisistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqid ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi XIX asr oxirlariga to‘g’ri keladi. Unga qadar F. so‘zi boshqa ma’noda ishlatilgan. “Jurnal dye deba” nomli Parij gazyetasi 1800 yil 28 yanvar soniga qo‘shimcha varaq ilova qiladi, keyincha bu gazyetaning “Fyelyeton” nomli doimiy rubrikasi bo‘lib qoladi. SHu nomli rubrika Yevropa matbuotida tyez ommalashib, bu rubrika ostida nosiyosiy, norasmiy matyeriallar: e’lonlar, moda yangiliklari, tyeatr taqrizlari, hikoya va hatto romanlar e’lon qilinadi. Jadid matbuotida ham shu nomda rubrika tashkil etilgan bo‘lib, mas., CHo‘lponning “Qurboni jaholat”, “Do‘xtur Muhammadiyor” hikoyalari “Sadoi Turkiston”ning F. rubrikasi ostida chop etilgan. Bu hol adabiyotshunosligimizda CHo‘lpon ushbu hikoyalari janrini F. tarzida belgilagan, degan yanglish qarashning paydo bo‘lishiga olib kelgan. XX asrning 20 – 30-yillaridan boshlab o‘zbek matbuotida kunning dolzarb muammolariga bag’ishlangan F.lar keng o‘rin egallaydi, jumladan, A.Qodiriy, G’.G’ulom, A.Qahhor, S.Ahmad singari mashhur adiblarimizning qator asarlari o‘zbek F.chiligi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan.