O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə56/124
tarix15.12.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#75176
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
f42ed8aee4de5e7b66397c774a7051b2 ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI

Ellik yoshgacha pulsizlikdan qiynalasan.

  • Keyin-chi?

  • Keyinmi?.. Ko’nikib ketasan”.

    Hikoya (arabcha so’z, ma’nosi: “1) biror narsaning og’zaki bayoni, tafsiloti; 2) nasriy yo’l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar”) – Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvirlaydi. Darvoqye, u “... minglab bo’laklarga bo’lingan romandir... kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod... shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o’zining tor ramkasida ifoda etadi” (V.Belinskiy). Hikoyanng eng ixcham ko’rinishi novella (it. novella - yangilik) deb yuritiladi. “Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati voqeaning keskin burilish nuqtasida, dinamik syujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida ko’rsatish - hikoya (novella) uchun eng xarakterli xususiyatdir” (T.Boboyev). Abdulla Qahhorning “Anor”, “Bemor”, “O’g’ri” kabi asarlari hikoya janri talablariga to’liq javob berishi bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi. Ularda kitobxon uchun yangilik bo’la oladigan turmush voqealari realistik va qiziqarli tasvirlangan.
    Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu lahzani shunchalik yorqin ifodalashi kerakki, unda hamma so’zlar badiiy “yuk” tashishi, “so’z isrofgarchiligiga sabab bo’ladigan ortiqcha detallar ham bo’lmasligi” lozim. Bu haqiqatni so’z san’atining buyuk ustasi Abdulla Qodiriy “O’qish-o’rganish” maqolasida A.P.Chexovning “Chinovnikning o’limi” nomli g’oyatda siqiq, quyuq yozilgan hikoyasi misolida asoslaydi. U yozadi:
    “Hikoyani “ser suv” (ko’p suvli) qiladigan narsalardan biri ko’rsatish o’rniga so’zlab berishdir. Agar Ochumilovning “Baqalamun” ekanini uning so’zlari orqali ko’rsatilmasa, avtor tomonidan ta’riflansa, dunyo-dunyo so’z ketar edi. Chexov buni aytib bermasdan, Ochumilovning o’z so’zi bilan ko’rsatadi.
    “Baqalamun” hikoyasining biron so’zini chiqarib tashlash yoki biron so’zni qo’shish mumkin bo’lmaganligi, so’zga naqadar diqqat qilganligini ko’rsatadi.”1
    G.Epik turning maxsus janrlari
    Ko’pincha xat, ocherk, felyeton janrlari badiiy publisistika deb yuritiladi. “Badiiy publisistika gazeta janrlariga xos aktuallik, operativlikni o’ziga singdirgan eng hozirjavob janr... u mantiqiy muhokama va obrazlar bilan ish ko’ruvchi... fikr poeziyasidir” (Ochil Tog’ayev) deb baholanadi. Bu asosning mag’zida ham haqiqat bor... Lekin ularning barchasi ham ana shu maxsus xususiyatlariga qaramay, epik turning “farzandlari” sanaladilar.
    Ocherk (rus. Chertit, ocherchivat-chizmoq, bayon qilmoq, tasvirlamoq) hayotda yuz bergan muayyan voqea - hodisaning asosiy xususiyatlarini yoki kishilar xarakteridagi muhim belgilarni qisqa, ixcham, yaxlit tasvirlovchi badiiy publisistik janrdir. Ochil Tog’ayevning fikricha, “badiiy adabiyotga xos belletristik va gazeta janrlariga xos publisistik xususiyatlarning uzviy birligi ocherkning muhim janr xususiyatini belgilaydi”1, ya’ni bir vaqtning o’zida ocherkda hayotning badiiy manzarasi, voqea, qahramon taqdiri yaratiladi va ijtimoiy jihatdan keng, mufassal izohlanadi.
    Ocherklar manzilli va manzilsiz bo’ladi. Manzilsiz “ocherkda hujjatlilik faqat unda aks ettirilgan ijtimoiy hodisalardir, boshqa o’rinlarda xuddi o’zga janrlarda bo’lgani kabi avtorning qo’li erkindir. Bunda aniq adresni ko’rsatmasdan asarga to’qima personajlar kiritish, badiiy to’qima va umumlashtirishdan keng foydalanish mumkin” (V.Ovechkin). Manzilli (hujjatli) ocherklarda esa “yozuvchi, avtor shunday shaxs yoki hayot parchasini tanlab olsinki, u voqyelik uchun tipik bo’lsin” (V.Solouxin). Ayni paytda, badiiy to’qima faktning hujjatlilik xususiyatini ko’mib yubormasligi, balki uni qabariqli tarzda ochishi lozim; bu hamma vaqt hayotiy faktga asoslanishi shart.
    Ochil Tog’ayev ocherkning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini jamlab, uning uch xili: 1. Portret ocherk, 2.Safarnoma (yo’l ocherki), 3. Muammo ocherk mashhurligini ta’kidlaydi. Uningcha, portret ocherkda asosan bir kishining hayoti, taqdiri markaziy o’rin tutadi (93-bet). Avtorning qishloqlar, shaharlar va mamlakatlararo safar paytida yig’ilgan mushohada va mulohazalari, o’rgangan va eshitganlarining badiiy publisistik tasviriga safarnoma (yo’l ocherki) deyiladi (99-bet). Muhim siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy muammolar: a) kishilar obrazlari, b) obrazli publisistik vositalar orqali maxsus tadqiq etilgan ocherklar muammo ocherk deb ataladi (105-bet).
    XX asr o’zbek adabiyotining bu janriga Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Nazir Safarov, Sunnatilla Anorboyev kabi yozuvchilar salmoqli hissa qo’shdilar.

    Yüklə 1,13 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin