O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

Tayanch tushunchalar: Yangi o‘zbek adabiyoti”, “Ma’rifatparvarlik adabiyoti”, “Milliy uygonish davri adabiyoti”, “Jadid adabiyoti”, “Sovet adabiyoti”, “Realizm metodi”, “Sosialistik realizm metodi”, “Romantizm metodi”, “Drama”, “Tragediya”, “Komediya”, “Roman”, “Dunyoviy adabiyot”, “Ilohiy mazmundagi adabiyot”, “Milliy istiqlol davri adabiyoti”, “Modernistik adabiyot”, “Obrazli aks ettirish uslubi”, “Uslubiy rang-baranglik”, “Individual manera”, “Yozuvchining o‘ziga xosligi”, “Detektiv adabiyot”, “Adabiyot tarixini davrlashtirish prinsiplari”, “Yangi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining asosiy bosqichlari”.
YANGI O‘ZBEK ADABIYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Biz o‘rganayotgan yangi o‘zbek adabiyoti qariyb ming yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan mumtoz so‘z san’atimizning uzviy davomi sifatida dunyoga keldi. Undan avvalgi o‘zbek adabiyoti o‘z taraqqiyotida ikki katta bosqichdan o‘tgan edi. Birinchi bosqich VII-XI asrlardagi Islom dinigacha bo‘lgan turkiy tillarda yaratilgan adabiyotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqich esa XII-XIX asrlarda Islom mafkurasi ta’sirida vujudga kelgan o‘zbek adabiyotini o‘z ichiga oladi. Demak, XX asr o‘zbek adabiyoti so‘z san’atimiz rivojidagi uchinchi bosqichni tashkil etadi. So‘nggi yillarda XX asr o‘zbek adabiyotini qanday nomlash to‘Grisida munozaralar qizib ketdi va bu xususda matbuotda turli-tuman takliflar o‘rtaga tashlandi. Juda ko‘p nomlar orasida “Yangi o‘zbek adabiyoti” atamasi ham ilgari surildiki, u mazkur davrdagi so‘z san’atimiz taraqqiyoti mohiyatiga, tabiatiga, fikrimizcha, hammadan ko‘ra mosroq keladi. Hozirgacha mazkur nomni bir qancha tanqidchi va adabiyotshunoslar qo‘lladilar. Ularning hammasini eslab o‘tirmasdan, bu xususdagi faqat bitta nufuzli mulohazani, ya’ni yetuk tanqidchimiz Ozod Sharafiddinovning so‘zlarini ko‘chirib keltirish yetarli bo‘ladi. Munaqqid Cho‘lponning adabiy-tanqidiy qarashlarini tahlil qila turib, shunday deb yozadi: “Shunday qilib, yangi o‘zbek adabiyotini yaratish masalasi Cho‘lponning 20-yillardagi bir necha maqolalarida, jumladan, “Ulug hindi”da ancha to‘liq ifodalangan”1.
Biron davr adabiyotini “yangi” deb atash uchun uning ilgarigi davrlar so‘z san’atida uchramaydigan belgilari, tamoyillari bo‘lishi zarur. XX asr o‘zbek adabiyoti ana shunday juda ko‘p yangi belgilarga ega edi. Uning yangiligidan dalolat beruvchi birinchi xususiyati shundan iborat ediki, XX asr o‘zbek so‘z san’ati dunyoviy adabiyot sifatida maydonga chiqdi. Unga qadar bizning tariximizda to‘la ma’nodagi dunyoviy adabiyot bo‘lmagan. To‘ gri, deyarli shu paytga qadar XIV-XV asrlardagi o‘zbek adabiyoti “Dunyoviy adabiyot” deb kelinar edi. Faqat bu atama o‘sha davr adabiyotiga mutlaqo mos kelmaydigan, noto‘gri qo‘llangan termin hisoblanadi. Chunki XIV-XV asr o‘zbek so‘z san’atida, xususan, uning cho‘qqisi bo‘lgan Alisher Navoiy ijodida dunyoviy ruh emas, balki ilohiy mazmun yetakchilik qiladi.
Chinakam o‘zbek dunyoviy adabiyoti faqat XX asrda maydonga keldi. Bu adabiyotning dunyoviyligi, dastavval, shu bilan belgilanadiki, unda olam, inson va uning hayoti faqat ilohiyot bilan bog’liqlikda emas, balki ilm-fan yutuqlari, borliq to‘g’risidagi tabiatshunoslik qonuniyatlari asosida talqin qilina boshlandi. Bunday talqin xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun yangi o‘zbek adabiyotining boshlovchilari, birinchi navbatda, kitobxonning o‘zi bilimli bo‘lishi, ilm-fanning ahamiyatini yetarlicha anglab olishi zarur deb hisobladilar. Ular aksariyat asarlarining markaziga bilimli odam baxtga erishuvi haqidagig’oyani qo‘ydilar.
Yangi o‘zbek adabiyotini boshlovchi barcha yozuvchilar, xususan, Hamza, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Avloniy, Mirmuhsin Shermuhamedov va boshqalar deyarli birdaniga, lekin har xil ohangda ma’rifatparvarlikg’oyalarini katta ehtiros ila targ’ib qildilar. Shunga ko‘ra yangi badiiy ijod dastlab ma’rifatparvarlik adabiyoti shaklida yuzaga chiqdi. Mazkur adiblar endi uyg’onayotgan millatni baxtli hayotga olib chiqishning asosiy quroli deb ilm-fanni, ma’rifatni hisobladilar. Shu sababli ular xalq ongiga ma’rifat urug’larini sochishga shoshildilar. Natijada mazkur adiblar ma’rifatparvarlik g’oyalarini, ko‘pincha, yuksak san’atkorlik bilan emas, balki tezroq va oddiyroq shakllarlarda jar solib aytishga intildilar. Balki shuning uchun bo‘lsa kerak, ma’rifatparvarlik bosqichidagi o‘zbek adabiyotida ijodiy izlanishlarning muayyan samaralari bo‘lsa-da, juda katta badiiy kashfiyotlar deyarli uchramaydi.
Yangi o‘zbek adabiyotining shakllanish davrida ilohiyotdan dunyoviylik tomon burilish yana shunda ko‘ringan ediki, unda ba’zi eskirgan diniy urf-odatlarga boshqacharoq nazar tashlashga, aniqroqi, tanqidiy nigoh bilan aks ettirishga urinishlar bo‘ldi. Fikrimizning dalili sifatida Hamzaning “Zaharli hayot” dramasini eslash kifoya. Unda ota-onaning ma’rifatsizligi oqibatida yosh va go‘zal qiz Maryamxon azaliy urf-odatga ko‘ra qari eshonga nazira qilinadi. Sevgilisi Mahmudxon qancha urinmasin, uni qutqara olmaydi. Oqibatda ikkala yosh halok bo‘ladi. Shu voqyea yordamida dramaturg ilmsizlik va qizlarni nazira qilishdek eski rasm-rusumlar kishilarni baxtsiz qilayotganligi to‘g’risidagig’oyani ifodalaydi.
XX asr o‘zbek adabiyotining yangiligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilarning ikkinchisi shundaki, unda ilgarilari hyech bir asrda ko‘rilmagan janrlar va shakllar Yevropa madaniyatidan qabul qilib olindi. Xususan, yangi o‘zbek adabiyotida 1911-yildayoq Behbudiyning “Padarkush” asar timsolida drama janri maydonga keldi. Keyinroq esa Hamzaning “Paranji sirlaridan bir lavha” va Fitratning “Abulfayzxon” dramalari singari bu janrning g’oyat mukammallashgan namunalari, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda ijodida esa komediya hamda tragediya kabi murakkab shakllari yaratildi. O‘zbek adabiyotida XX asrda vujudga kelgan roman, povest, hikoya singari janrlar ham uning uchun yangilik hisoblanadi. Ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek she’riyatida ham XX asrda tub burilish yuz berdi. Unda ko‘p asrlar davomida qo‘llanib kelgan aruz o‘rnini barmoq va erkin vazn egalladi. Tur va shakllar yangilanishi manzarasi to‘liqroq bo‘lishi uchun XX asrda adabiyotni tahlil va talqin etuvchi haqiqiy o‘zbek professional tanqidchiligi maydonga kelganligini ham eslab o‘tish o‘rinli bo‘ladi.
XX asrda yangi o‘zbek adabiyoti tug’ilganligini ko‘rsatuvchi eng muhim belgilardan yana biri shundaki, bu davrda ilgarigi so‘z san’atimizda sira uchramagan, tasvir uslubi va ijodiy metod vujudga keldi. Bunga iqror bo‘lmoq uchun faqat bitta asarni, ya’ni yozuvchi Abdulla Qodiriyning “Uloqda”hikoyasini tahlil qilib ko‘rish kifoya.
1916-yilda yozilgan “Uloqda” nomli hikoyasida yozuvchi bayonga asoslangan tasvir uslubidan butunlay uzoqlashadi. Abdulla Qodiriy hikoyada o‘zi ifoda qilmoqchi bo‘lgan g’oyani mutlaqo so‘zlab bermaydi, unga ishora ham qilmaydi, bironta ta’kid ham qo‘llamaydi. Umuman, g’oyaviy yo‘nalishi jihatidan, ya’ni ruhan “Uloqda” hikoyasi Abdulla Qodiriyning dastlabki asarlariga qisman yaqin tursa-da, tasvir uslubiga ko‘ra ulardan keskin farqlanadi. Hikoyada, asosan, uloq manzarasi tasvirlanganligi hisobga olinsa, ya’ni asarga yuzaki yondashilsa, unda ma’rifatparvarlik ruhi yo‘qdek tuyuladi. Aslda hikoyada bunday ruh bor. Faqat muallif uni mutlaqo qayd qilmaydi, kimningdir tilidan ta’riflamaydi. Kitobxon asarda qisman bo‘lsa-da, ma’rifatparvarlik ruhi mavjudligini uning butun mazmunidan, mohiyatidan ilg’ab olishi, keltirib chiqarishi zarur bo‘ladi. Buning sababi shundaki, yozuvchi o‘ziga qadar o‘zbek adabiyotida deyarli uchramagan usuldan, ya’ni Yevropada tug’ilgan realistik metodga xos badiiy in’ikos etish uslubidan foydalanadi. Avvalo, u g’oyasini aytib bermaslik, bayon qilmaslik uchun hikoyani o‘z tilidan emas, balki boshqa bir personaj, ya’ni birinchi shaxs tilidan olib boradi.
Yozuvchi uloqning fojiaviy oqibatiga alohida urg’u beradi. U go‘ya odamlarga: “Xalqimiz ilmsiz, ma’rifatsiz bo‘lgani uchun o‘z vaqtini uloq singari bema’ni o‘yinlarga sarflaydi. Uloq esa kishilarga baxtsizlik keltiradi. Agar ular o‘z vaqtlarini ma’rifat bilan kerakli ishlarga sarflasalar, baxtli hayotga erishadilar”, - degan g’oyani anglatmoqchi bo‘ladi. Faqat bu g’oya hikoyaning hyech yerida ochiqdan-ochiq aytilmaydi. Yozuvchi ham, qahramon ham bu g’oyani jar solib bayon qilmaydilar. Ma’rifatparvarlik g’oyasi hikoyaning ruhidan, mazmunidan, mohiyatidan, obrazli tabiatidan kelib chiqadi. Demak, badiiy in’ikos etish uslubi yozuvchiga o‘z g’oyasini ifodalashda bayonchilikdan, deklarativlikdan qutilishga imkon bergan.
Hikoyaning tili ham realistik uslubga mos keladi. Asarni deyarli butunicha hozirgi o‘zbek tilida yozilgan deyish mumkin.
Shunday qilib, tasvirning boshdan-oyoq badiiy aks ettirish uslubiga asoslanganligi, sharoit va insonning o‘zaro muvofiqlikda gavdalantirilganligi, qahramon ruhiy dunyosining voqyealar oqimiga mos ravishda ochilganligi, o‘ylangan g’oyaning faqat san’at vositalari orqali ifodalangani hamda zamonaviy tilning mazkur maqsadga mahorat bilan bo‘ysundirilganligi – bularning hammasi “Uloqda” hikoyasi chinakam realistik metodda yozilganligini ko‘rsatadi. Demak, “Uloqda” hikoyasi bilan o‘zbek adabiyoti uchun yangi bo‘lgan ijodiy metod tug’ilgan.
Keyinchalik xuddi shu realizm yo‘lidan borib, o‘zbek adabiyoti 20-yillarda muayyan yutuqlarga erishdi. Balki o‘zbek adabiyoti muttasil shu yo‘ldan borganda, uning muvaffaqiyatlari yana ming chandon ulkan bo‘lishi mumkin edi. Afsuski, o‘zbek adabiyotining keyingi yo‘li bir xilda ravon va silliq kechmadi. Vaqtlar o‘tishi bilan u turli-tuman ko‘chalarga kirib chiqdi.
Shu tariqa gap yangi adabiyotning taraqqiyot yo‘llari, bosqichlari va so‘z san’ati tarixini davrlashtirish prinsiplari masalasiga kelib taqaldi. Hozir XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish yuzasidan turli-tuman takliflar ilgari surilmoqda. Bunday rang-baranglik adabiy taraqqiyotga har xil nuqtai nazardan yondashish oqibatida yuzaga kelmoqda. Odatda, adabiyotimiz tarixini davrlashtirishda ikki muhim prinsipga amal qilinar edi. Adabiyot tarixi, birinchidan, ijtimoiy taraqqiyot yo‘li bilan bog’liq ravishda davrlashtirilsa, ikkinchidan, badiiy ijodning ichki rivojlanish qonuniyatlariga ko‘ra bosqichlarga bo‘linar edi. Faqat uzoq yillar mobaynida birinchi prinsipga haddan ortiq darajada e’tibor berib kelindi. Natijada, adabiyotimiz tarixiga jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini sun’iy ravishda ko‘chirish hollari ham ro‘y berdi. Adabiyot rivojiga ijtimoiy o‘zgarishlarning muayyan ta’sir ko‘rsatishini butunlay inkor qilish mumkin emas. Shu bilan birga ijtimoiy taraqqiyot bilan adabiy rivojlanishni aynanlashtirish ham to‘g’ri bo‘lmaydi. Demak, adabiyot tarixini davrlashtirishda badiiy ijodning ichki taraqqiyot qonuniyatlarini ko‘proq hisobga olish ijobiyroq samaralar beradi. Shu nuqtai nazardan yondoshib, yangi o‘zbek adabiyoti tarixini quyidagi besh bosqichga bo‘lish va o‘rganish mumkin:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin