O'quv ishlari bo’yicha prorektor


-Mavzu: “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” о‘quv kursining predmeti, maqsadi, vazifalari va nazariy-uslubiy tamoyillari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

1-Mavzu: “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” о‘quv kursining predmeti, maqsadi, vazifalari va nazariy-uslubiy tamoyillari
Reja:
1. Kirish.
2.»Eng yangi tarix» tushunchasining ta’rifi.
3. «О‘zbekistonning eng yangi tarixi» kursining predmeti, uning
maqsadi, vazifalari va nazariy-uslubiy asoslari.


1. Kirish. О‘zbekiston tarixi, shuningdek, О‘zbekistonning eng yangi tarixi jahon tarixining ajralmas bir qismi bо‘lib, u zamonamizdagi global jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Eng yangi tarixni о‘rganishning muhimligi shundaki, u mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy jihatdan barqaror rivojlanishiga ta’sir qiluvchi voqea-hodisalarni tushunishga hamda teran idrok etishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini oldindan kо‘ra bilish va bashorat etisha olish imkoniyatini beradi.
Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni sobiq sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy о‘zgarishlar sharoitida yuz berdi. Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi mamlakatning barcha siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy tizimini tubdan о‘zgartirishga yо‘l ochdi.
Demokratik prinsiplarga monand ravishda milliy davlatchilik va siyosiy tizimning asoslari shakllantirildi, ularda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari funksiyalari va vakolatlari taqsimlandi. Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, keskin inqilobiy larzalarsiz amalga oshirildi. Tashqi siyosatning milliy strategiyasi ishlab chiqilib, О‘zbekiston zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga munosib ravishda kira oldi. О‘zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yо‘li xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari va madaniyatini har tomonlama hisobga olgan holda, tо‘plangan xalqaro tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangandir.
Zamonaviy tarixni о‘ta dolzarbligini hisobga olgan holda, О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2012 yil yanvar oyida «Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida О‘zbekistonning zamonaviy tarixi bо‘yicha jamoat kengashini tashkil etish tо‘g‘risida» Qaror qabul qilindi. Kengashga tarixiylik va obyektivlik prinsipiga tayangan holda о‘zbek xalqining tarixiy о‘tmishi va bugungi kunini baholashga har tomonlama yondoshish asosida О‘zbekistonning zamonaviy tarixini tizimli о‘rganish vazifalari yuklatildi. Bunda zamonaviy tarixni ilmiy tadqiq qilishda xalqaro tajribani hisobga olish, yangi avlod о‘quv va ilmiy adabiyotlarini tayyorlash, О‘zbekistonning zamonaviy tarixini о‘rganish global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi nazarda tutildi.
О‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu tarix fanining nisbatan yangi yо‘nalishi bо‘lib, u 2020 yilda mustaqil ilmiy fan sifatida о‘ziga xos metodologiyasi, tadqiqot yо‘nalishlari va о‘quv-uslubiy ishlanmalari bilan ajralib chiqdi. Shu munosabat bilan, zamonaviy tarix mamlakatimizning mustaqillik arafasidagi va mustaqillik taraqqiyot davri tarixini, uning о‘ziga xos tendensiyalari, tarixiy shart-sharoitlari va rivojlanish jarayonlarini ilmiy asoslangan holda yoritishni taqozo etmoqda.
Binobarin, tarixshunoslar va, shuningdek, О‘zbekiston ijtimoiy-gumanitar fanlarining boshqa vakillari oldida jahon amaliyotini bu boradagi tarixiy tajribasini hisobga olgan holda, mazkur ta’limni yangi nazariy va metodologik darajaga kо‘tarish hamda yangi ilmiy yо‘nalishlarni о‘zlashtirish vazifasi turibdi. О‘zbekistonning eng yangi tarixini о‘rganishga bо‘lgan qiziqish, shuningdek, xalqaro miqyosida ham tobora ortib bormoqda.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin