Markaziy Osiyo va О‘zbekistonning eng yangi tarixi bо‘yicha ilmiy-tadqiqot olib boruvchi xorijiy markazlar: 1. Shimoliy Amerika mintaqasida – 25 ta (Toronto – 1 ta, Vashington – 11 ta, Ogayo – 2 ta, Arizona – 1 ta, Kaliforniya – 1 ta, Shimoliy Korolina – 1 ta, Nyu-York – 2 ta, Masachussets – 1 ta, Indiana – 5 ta).
2. Yevropa davlatlarida – 10 ta (Germaniyada–6 ta (Bonn, Berlin, Vitenberg, Boxum, Leypsig, Xalle), Buyuk Britaniyada – 3 ta (Oksford, Kembrij, Birmengem), Fransiyada – 1ta (Parij).
3. MDH davlatlarida – 25 ta (Rossiya – 23 ta, Ukraina – 1 ta (Kiyev), Qozog‘istonda – 1 ta (Olmota)).
2. «Eng yangi tarix» tushunchasining ta’rifi. Zamonaviy О‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni isloh qilish bilan bir vaqtda, milliy о‘ziga xoslikni mustahkamlash jarayonlari boshlandi. Tarixiy xotira milliy о‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bо‘lib xizmat qildi. Ma’lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lishni talab qiladi. Bu, shunchaki, ma’naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma’naviy tiklanish yо‘lini boshlash uchun xalq о‘zining kо‘p asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma’naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi. Bularning barchasi I.Karimov tomonidan tarixiy xotiraga berilgan mazkur ta’rifda о‘z ifodasini topgan: “Tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar о‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun tо‘g‘ri yо‘l tanlash, ota-bobolarimizning rо‘hi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yо‘l qо‘ymaslik, ularni kо‘z qorachig‘idek asrash demakdir”. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2011 yilda nashr etilgan «О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» deb nomlangan asari О‘zbekiston tarixidagi eng yangi davrni chuqur о‘rganishga kuchli turtki bо‘ldi. Unda respublika rahbari sifatida Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mustaqillik masalasidagi qat’iy pozitsiyasi aniq tarixiy hujjatlar asosida kо‘rsatib berilgan.U davlat yetakchisi sifatida eng mashaqqatli davrda о‘z faoliyatini boshladi. Hali Sovet Ittifoqi о‘z kuchini saqlab, repressiv siyosatini davom ettirar, ammo, shunga qaramay, chuqur tanazzul yoqasiga kelib qolgan, kishilar orasida kelajakka ishonchsizlik va vahima kayfiyati hukmron edi. Bunday murakkab sharoitda odamlarni kutilmagan zarbalardan himoya qilish, tushkun ruhiy vaziyatdan olib chiqish, ularda ertangi kunga bо‘lgan ishonch hissini qaror toptirish g‘oyat muhim edi.
Sirasini aytganda, ushbu kitob - eski tizimni buzish paytida, erkin va mustaqil hayot yо‘lida paydo bо‘lgan savollarga nisbatan javoblarni о‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ham u juda kо‘p faktik va tahliliy materiallarni о‘z ichiga olgan ensiklopedik asardir. Kitobga kiritilgan har bir tarixiy hujjatda о‘sha tashvishli zamonning ritmi seziladi, muallifning о‘sha tarixiy voqealarga dahldorligi va bevosita ishtirokchisi sifatidagi munosabati aks ettiriladi. Bir sо‘z bilan aytganda, ushbu kitob yaqin о‘tmish tarixining haqiqiy tasvirini tо‘la aks ettirigani bilan ham qadrlidir.
Kо‘plab milliy-tarixiy maktablarda mamlakatning zamonaviy tarixining boshlanishi uning xorijiy hukmronlikdan ozod bо‘lganligi va mustaqil milliy davlat tashkil topishi bilan belgilanadi. Zamonaviy tarixni davrlashtirishga boshqa yondashuvlar tarafdorlari «hozirgi zamon» atamasida hozirgi zamon bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan davrni nazarda tutadilar. Ular XX asr tarixi yoki hozirgi tarix haqida gapirishni afzal kо‘radilar.
Mustaqillik yillarida О‘zbekiston tarixshunosligi muhim о‘zgarishlarga uchradi. Sovet partiyasi mafkurasining rad qilinishi munosabati bilan u yangi bosqichga о‘tdi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari oldiga yangi nazariy va uslubiy darajani egallash, yangi ilmiy yо‘nalishlarni ishlab chiqishni boshlash vazifasi qо‘yildi.
Kо‘pgina mutaxassislarning fikriga kо‘ra, О‘zbekistonning zamonaviy tarixi 1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‘liq voqealar - sovet totalitar tuzumining sо‘nggi о‘n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e’tibor kuchayganligi bilan xarakterlanadi. О‘zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada yangi shakllangan yetakchi - Islom Abdug‘aniyevich Karimov paydo bо‘ldi. Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan qutqarish mumkin bо‘ldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik g‘oyasini ilgari surdi va nihoyat, 1991 yil avgust oyida О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
Suveren davlat sifatida О‘zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga tо‘g‘ri keladi va shuning uchun ham u zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan eng yangi tarixning ajralmas qismiga aylandi.
Tarixdan ma’lumki, kо‘plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham о‘zgartirgan va bu «yaqin tarix» tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri bо‘lgan.
Bu о‘rinda, yangi va zamon va makon о‘rtasidagi tarixiy davrni bir voqea sodir bо‘lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bо‘lsa ham), balki jamiyatning turli sohalaridagi sifat о‘zgarishini kо‘rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak.
Yuqorida aytilganlrdan kelib chiqib, О‘zbekistonni mustaqil rivojlanishining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi bosqichlarga bо‘lish mumkin.