O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə62/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir.


Kelgusi yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan qо‘shimcha 240 milliard sо‘m ajratiladi.


О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan, 2020 yil, 29-dekabr

Xulosa о‘rnida, Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida qayd etilgan ushbu jumlalarni keltirish joiz:”...intelektual va madaniy salohiyatni qanday noyob boylik ekanini, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yо‘q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani – bu ham haqiqat”.


2. Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar.
О‘zbekiston mustaqillikka erishgach dastlab, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslari yaratildi. Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalar ichida birinchilardan bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 2 iyulda «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonunni tasdiqladi. Bu dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning haq-huquqlari, burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi ta’lim sohasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati bо‘ldi.
Ta’lim tizimi О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor yо‘nalishlardan biri sifatida qabul qilindi va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy о‘rta, shuningdek, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

  • о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yо‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida о‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli bо‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

О‘zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlangan (О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 41-modda).
О‘zbekistonda mustaqillikni dastlabki kunlaridan Davlat tomonidan quyidagilarni amalga oshirish yо‘lga qо‘yildi:

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;

  • ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul о‘qitish, shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida tо‘lov evaziga kasb-hunar о‘rgatish;

  • barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini keyingi bosqichdagi о‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bо‘lishini ta’minlash;

  • boshqa davlatlarning fuqarolarini О‘zbekiston Respublikasida halkaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega bо‘lishi;

  • Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar bilim olishda О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bо‘lishi.

Ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy yо‘nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish xalqimizning tarixiy an’analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg‘or yutuqlari asosida ta’lim mazmunini tubdan о‘zgartirish, shu maqsadda о‘qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har tomonlama rag‘batlantirish, bilim va kо‘nikmalarining puxtaligini ta’minlaydigan zamonaviy didaktik vositalarni qо‘llashni keng kо‘lamda yо‘lga qо‘yish, shu asosda ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bо‘ldi.
Buning natijasida 1997 yil 5 iyunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini tuzish» komissiyasi tashkil etildi.
О‘zbekistonda ishlab chiqilgan ta’lim sohasini islohotlashtirish konsepsiyasi eng muhim maqsadlar sifatida quyidagilarni kо‘zda tutdi:

  • ta’lim tizimini bozor iqtisodiyotiga va ochiq jamiyatga qayta yо‘naltirish;

  • aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti sifatida ta’lim olish uchun teng imkoniyatlarni yaratish;

  • ta’lim xizmatlarining barqaror va sifatli kо‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ta’lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • ta’lim sektorining boshqaruvini takomillashtirish.

О‘zbekistonda davlatning bu sohadagi siyosati va ta’limni islohotlashtirish Konsepsiyasi О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida о‘z aksini topdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin