O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə64/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Ta’lim tizimi О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonuni bilan belgilangan bо‘lib:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy о‘rta ta’lim;

  • о‘rta maxsus va professional ta’lim (akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari);

  • oliy professional ta’lim (bakalavriat va magistratura);

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim (malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash);

  • maktabdan tashqari ta’lim shakllarida tashkil qilindi.

Maktabgacha ta’lim bolani sog‘lom va barkamol shaxs qilib tayyorlab, sistematik о‘qitishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim davlat va tijoriy asosida faoliyat kо‘rsatuvchi nodavlat bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida hamda tijoriy asosda faoliyat kо‘rsatuvchi muassasalarida ham amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari turli yо‘nalishdagi maktabgacha umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi, 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarni parvarishlaydi, nazorat qiladi, sog‘lomlashtiradi, tarbiyalaydi va о‘qitadi.
9 yillik umumiy о‘rta ta’lim bosqichlari: boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar); umumiy о‘rta ta’lim (1-9-sinflar). Boshlang‘ich ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy о‘rta ta’lim olish uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy о‘rta ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba kо‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yо‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi. Umumiy о‘rta ta’lim asosida har bir kishi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejdagi о‘qish yо‘nalishlaridan birini tanlash huquqiga ega.

Hozirga kunda maktab ta’limi umummilliy harakatga aylandi.



  • Oxirgi ikki yilda (2019-2020) 77 ta yangi maktab qurildi.

  • Xususiy ta’lim tizimiga keng yо‘l ochildi. О‘tgan uch yilda xususiy maktablar soni 6 marta oshib, 140 ga yetdi.

  • Prezident maktablari va ijod maktablari tashkil etildi.

  • Matematika, kimyo-biologiya kabi aktual fanlarga ixtisoslashgan 80 dan ortiq maktablar tashkil etildi.

  • Sо‘nggi tо‘rt yil davomida mamlakatdagi bog‘chalar soni 3 barobar oshdi (5200 tadan 14200 taga). Bolalarni qamrab olish darajasi 54 foizga yetdi.

тт


Охирги икки йилда (2019-2020) 77 та янги мактаб қурилди.

Бо



Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi, oliy professional ta’lim dasturi oliy о‘quv yurtlarida – universitetlar, akademiyalar, institutlar va boshqa oliy maktab ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar respublikadagi ta’lim tizimi faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda tub о‘zgarishlarga, uning yangidan barpo etilishiga olib keldi. Xususan, boshqaruv usullari demokratlashtirildi, ta’lim muassasalarining, birinchi navbatda, maktabgacha ta’lim muassasalarining nodavlat sektori, ta’lim faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbalari paydo bо‘ldi, ta’lim xizmatlari spektri kengaydi va iste’molchilar (aholi, ish beruvchilar) tomonidan bu xizmatlarga bо‘lgan ehtiyojlar shakllandi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin